Kontent qismiga oʻtish

Joʻraqul Toʻrayev

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Joʻraqul Toʻrayev (1922.20.3 hozirgi Jizzax tumani — 1998.10.8) — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. 46engil artilleriya brigadasi, 1007polki, 2batareyasining toʻp navodchigi, kichik serjant. Brest obl.ning Goroxovishche qishlogʻidagi jangda jasorat koʻrsatganligi uchun Kaxramon unvoni berilgan (1944-yil 29 mart). 1945-yil Podolsk artilleriya bilim yurtini tugatgan. Mayor Toʻrayev 1953-yildan zaxirada. Jizzax rn partiya qoʻmitasi instruktori (1954 —59), shu rayon kzlarida rais muovini (1959—62), shahar maishiy xizmat koʻrsatish kombinati direktori (1970— 74), Jizzax viloyati remont qurilish boshqarmasi taʼminot boʻlimining boshligʻi (1974-yildan). Jizzax shahri koʻchalaridan biri Toʻrayev nomi bn ataladi.[1]

  1. "Toʻrayev Joʻraqul" OʻzME. T-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil