Kontent qismiga oʻtish

Joan Miró

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Joan Miró i Ferrà

1935-yil
Tavalludi 20-aprel 1893-yil (1893-04-20) (131 yosh)
Barselona, Ispaniya
Vafoti 25-dekabr 1983-yil(1983-12-25)
(90 yoshda)
Palma, Balear orollari, Ispaniya
Fuqaroligi Ispaniya[1][2][3]
Taʼlimi Escola de Belles Arts de la Lotja va Escola d’Art de Francesc Galí, Cercle Artístic de Sant Lluc, 1907–1913
Kasbi Rassomlik, haykaltaroshlik, freska va keramika
Turmush oʻrtogʻi Pilar Juncosa Iglésias
Mukofotlari
  • 1954-yil "Venice Biennale"
  • 1958-yil Guggenheim International Award
  • 1980-yil Gold Medal of Fine Arts, Spain
Imzosi

Joan Miró i Ferrà (1893-yil 20-aprel – 1983-yil 25-dekabr) – Ispan rassomi, haykaltarosh va keramika sanʼati ustasi. Uning ishlariga bagʻishlangan "Fundació Joan Miró" muzeyi 1975-yilda Barselona shahrida tashkil etilgan, yana bir muzey esa Palmada 1981-yilda, „Fundació Pilar i Joan Miró“ nomi bilan tashkil qilingan.

Xalqaro miqyosda tan olingan Miróning asarlari Surrealizm sifatida talqin qilingan, lekin u oʻzining shaxsiy uslubiga ega boʻlib, baʼzida asarlari Fovizm va Ekspressionizmga ham yoʻnalgan. [4] Uning tasvirlari, bir vaqtlar, Kataloniya gʻururining ifodasi sifatida qabul qilingan. 1930-yillardan boshlab, Miró anʼanaviy rasmchilik uslublarinitanqid qilib kelgan. [5]

Otasi Miquel Miró Adzerias va onasining ismi Dolores Ferrà boʻlgan. Joan Miró Barri Gòtic (Barselona) mahallasida oʻsgan.[6] „Miró“ familiyasining maʼnosi baʼzi yahudiy ildizlariga ega boʻlishi mumkin.[7][8] Miró 7 yoshida Carrer del Regomirdagi maxsus maktabda rassomchilik darslarini boshlagan. Otasining noroziligiga qaramay, 1907-yilda „Lonja de la Seda“ sanʼat akademiyasiga oʻqishga kirgan. Keyinchalik Cercle Artístic de Sant Llucda oʻqigan. [9] Birinchi yakkaxon koʻrgazmasini 1918-yilda oʻtkazgan ko`rgazmasi ijobiy qarshilanmagan[10][11] Fovizm va Kubizm koʻrgazmalaridan ilhomlanib, Miró sanʼatga qiziqishi sabab, 1920-yilda Parijga koʻchib oʻtgan[12] [13][14].

Joan Miró dastlab biznes va sanʼat maktablarida tahsil olgan. U ish faoliyatini oʻsmirlik davrida xizmatchi sifatida boshlagan, keyin biznes sohasini butunlay tark etib, sanʼatga oʻtgan. [15] Uning ilk asarlari, Fauves va kubistlarga oʻxshab, Vinsent van Gog va Paul Cézannening ijodidan ilhomlangan. Miró ijodi oʻsha davrdagi avangard yoʻnalish vakillarining ishlariga oʻxshash boʻlgan.[16]

Joan Miró 1918-yilda Barselonadagi shaxsiy koʻrgazmasidan bir necha yil oʻtib, Parijga koʻchib oʻtdi.[10] U yerda ota-onasining yozgi uyi va Mont-roig del Campdagi fermasida boshlangan bir qancha asarlarini yakunladi. Shulardan biri "The Farm" kartinasi boʻlib, bu kartina Miró uslubining milliy xususiyatlarga ega boʻlgan oʻziga xos yoʻnalishga oʻtganini koʻrsatadi. Asarni sotib olgan Ernest Hemingway uni quyidagicha tasvirlagan: „Unda Ispaniyada boʻlganingizda va u yerdan uzoqda boʻlib, qaytishga intilayotganingizda his qiladigan hamma narsa mujassam.“ [17] Miró har yili Mont-roigga qaytib kelar va oʻzining butun ijodiy faoliyati davomida saqlanib qolgan ramziylik va vatanparvarlik g‘oyalarini rivojlantirar edi. [18] [19]

  1. (unspecified title)
  2. — Т. Suplemento 1934. — С. 195-196.
  3. (unspecified title)
  4. „Joan Miro | Biography, Paintings, Style, & Facts“ (en). Encyclopedia Britannica. Qaraldi: 2020-yil 5-iyul.
  5. M. Rowell, Joan Miró: Selected Writings and Interviews (London: Thames & Hudson, 1987) pp. 114–116.
  6. Penrose, Roland. Joan Miró. The Arts Council, 1964 — 11-bet. 
  7. Doreen Carvajal, In Majorca, Atoning for the Sins of 1691, The New York Times, 7 May 2011
  8. Sarah Wildman, Mallorcaʼs Jews Get Their Due, The Forward, 13 April 2012
  9. „Joan Miró“. Totally History (2011-yil 7-iyun).
  10. 10,0 10,1 Joan Miró exhibition catalogue, 16 February – 3 March 1918, Galeries Dalmau
  11. „Joan Miró images in Barcelona – Europe – Travel“. The Independent (2011-yil 13-aprel). 2022-yil 9-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 8-avgust.
  12. .Joan Miró a la Viquipèdia, Estat de la qüestió el juny de 2016, biography, Works, Fundació Joan Miró, Premi Joan Miró, Text and image sources
  13. Rosa Maria Malet, Joan Miró, Edicions 62, Barcelona, 1992, p. 20, ISBN 84-297-3568-2
  14. Georges Raillard, Miró, Debate, Madrid, 1992, pp. 48–54, ISBN 84-7444-605-8
  15. Exposició d'Art francès d'Avantguarda, Galeries Dalmau, 26 October – 15 November 1920 (catalogue)
  16. Jacques Lassaigne, Miró: biographical and critical study. Tr. Stuart Gilbert. (Parij: Editions d’Art Albert Skira, 1963) pp. 24–25.
  17. Hemingway, Ernest. The Farm. Homage to Joan Miró. Ed. G. di San Lazzaro. New York: Tudor Publishing Company, 1972. pp. 34.
  18. [(http://www.guggenheim.org/new-york/collections/collection-online/search/?q=72.2020)http://www.guggenheim.org/new-york/collections/collection-online/search/?q=72.2020 „Collection Online“]. Guggenheimcollection.org. 2014-yil 9-avgustda asl nusxadan [(https://web.archive.org/web/20140809093249/http://www.guggenheim.org/new-york/collections/collection-online/search/?q=72.2020)https://web.archive.org/web/20140809093249/http://www.guggenheim.org/new-york/collections/collection-online/search/?q=72.2020 arxivlangan]. Qaraldi: 2014-yil 8-avgust.
  19. Adams, Tim. [(https://www.theguardian.com/artanddesign/2011/mar/20/joan-miro-life-ladder-escape-tate%7Caccess-date=22)https://www.theguardian.com/artanddesign/2011/mar/20/joan-miro-life-ladder-escape-tate „Joan Miró: A life in paintings“]. The Guardian (2011-yil 20-mart). Qaraldi: 22november (https://www.theguardian.com/artanddesign/2011/mar/20/joan-miro-life-ladder-escape-tate%7caccess-date=22) 2017.