Jodhpur
Qiyofa
Jodhpur, Mapvar — Hindistonning shim.-gʻarbidagi shahar. Tar choʻlining chekkasida, Rajastxon shtatida. Aholisi 510 ming kishidan ziyod (1990-yillar oʻrtalari). Transport yoʻllari tuguni. Toʻqimachilik, teri, farmatsevtika korxonalari, mexanika ustaxonalari va b. bor. Badiiy hunarmandchilik (fil suyagiga ishlov beriladi, liniy liboslar, shishadan ziynat buyumlari va b. tayyorlanadi) rivojlangan. Shaharga 15-asr oʻrtalarida asos solingan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |