Jodugarlar jangi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jodugarlar jangi

Anime logotipi
Rejissyor(lar) Sunghoo Park
Ssenariynavis(lar) Gege Akutami
Bastakor(lar) Yoshimasa Terui Hiroaki Tsutsumi , Alisa Okehazama
Studiya(lar) MAPPA
Chiqarilgan sanasi 2020-yil, 3-oktiyabr
Davomiyligi 32 -seriya
Mamlakat Yaponiya bayrogʻi Yaponiya
Tillar yaponcha, inglizcha

Jodugarlar jangi - ushbu anime 2018-yilda Gege Akutami tomonidan yozilgan mangaga asoslangan bo'lib, Shueisha manga jurnalida bosib chiqarilgan. 2020-yilda esa MAPPA studiyasida seriali animesi yaratildi va birinchi bor Yaponiyaning MBS telekanalida namoish etildi. Jodugarlar jangi animesi ekshen, fentezi va syo'nen janirlarida yaratilgan bo'lib, 17 yoshga to'lgan tomoshabinlar ko'rishi tafsiya etilmaydi. Animening birinchi fasli 24 qisimdan iborat bo'lib, 2023-yilda ikkinchi fasli taqdim etildi.

Mazmuni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yuqori makatab o'quvchisi Yuji Itadori hamma qatori oddiy bola edi. Lekin hayotida ro'y bergan voqea uning taqdirini o'zgartirib yubordi. Uning kulub azolari afsonaviy Sukuna barmog'ini topib oladi. Barmoq solingan sehirli tilsim buzulgach uning ichidagi mahluq hammayoqni vayron etib, Itadori va uning sinifdoshlariga hujum qila boshlaydi. Bu vaqtda ibilislar la'natiga qarshi kurashuvchi Satoru Gojo ularni himoya qilish va la'natni yo'q qilish uchun yetib keladi. Ammo bularni tezda tugashini hohlagan Itadori Sukunaning barmog'ini yutib yuboradi. Afsonaga ko'ra Ryomen Sukuna isimli qudratli ibilisning tanasi bo'laklarga bo'linib ketgan va unga ega chiqqan mahuq va odamlarga katta kuch berilar edi. Sukuna tanasinig hamma qismiga ega chiqan mavjudod esa nihoyatda qudratli bo'lib, uni yengishning imkoni bo'lmasdi. Shunday qilib Itadori ham Sukunaning kuchiga ega boʻldi. Bundan habar topgan la'natga qarshi kurashuvchi tashkilot zudlik bilan Itadorini o'ldirishga qaror qiladi lekin Gojo unga ma'lum shartlar qo'yib uning o'lim jazosini kechiktiradi. Shartga ko'ra Itadori Sukunaning barcha qoldiqlarini topishi va ularni o'z ichida saqlashi kerak bo'ladi. Bu topshiriqni bajarishga tayyorgarlik ko'rish uchun Tokiyo sehirgarlar texnikumiga o'qishga qabul qilinadi va Itadorining sarguzashtlari shu yerdan boshlanadi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]