Johannes Ertl
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Johannes Bruno Ertl[1] | ||
Tavallud sanasi | 13-noyabr 1982-yil | ||
Tavallud joyi | Graz, Avstriya | ||
Boʻyi | 1.88 m (6 ft 2 in) | ||
Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Portsmouth (U16 murabbiy) | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
SV Feldkirchen | |||
1996—2003 | Sturm Graz | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2002—2006 | Sturm Graz | 61 | (0) |
2003—2004 | → SC Kalsdorf (ijara) | 11 | (3) |
2006—2008 | Austria Wien | 50 | (3) |
2008—2010 | Crystal Palace | 45 | (0) |
2010—2012 | Sheffield United | 35 | (0) |
2012—2015 | Portsmouth | 80 | (2) |
Milliy terma jamoa | |||
2006—2007 | Avstriya | 7 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Johnny Ertl nomi bilan tanilgan Johannes Bruno Ertl (talaffuzi: Yoxannes Ertl; 1982-yil 13-noyabrda tugʻilgan) — Avstriyalik sobiq futbolchi, asosan yarim himoyachi sifatida oʻynagan
Faoliyatining asosiy qismini Ertl Sturm Graz, Crystal Palace, Sheffield United va Portsmouthda oʻtkazgan; 2015-yilda faoliyatini tugatgandan soʻng, Portsmouth FCning matbuot kotibi boʻldi, shuningdek, Portsmouthning 16 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar jamoasida yordamchi murabbiyi sifatida ham ishladi.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ilk faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ertl oʻz faoliyatini SV Feldkirchen yoshlar jamoasida boshlagan, 1996-yilda Sturm Grazga qoʻshilgan. Klubning yosh toifalarida oʻynagan va 2003-yilda oʻz shahri klubi bilan professional shartnoma tuzgan. 2003-yilda SC Kalsdorf klubiga ijaraga kelib qoʻshildi.
„Qoralar“da himoya markazidan joy oldi va ijobiy oʻyinlaridan soʻng Avstriya terma jamoasiga chaqirildi va Vengriyaga qarshi oʻyinda 87-daqiqada Paul Scharnerning oʻrniga maydonga tushdi.
Crystal Palace
[tahrir | manbasini tahrirlash]2006-yilning yozida Ertl „Blackies“dan Avstriya giganti „Austria Wien“ga oʻtdi va „binafshalar“ bilan ikki yil oʻynadi. Keyin esa Angliyaga, Crystal Palacega oʻtdi[2]. Klubdagi ilk goli 2010-yil 14-fevralda Angliya kubogida Aston Villaga qarshi o‘yinda kiritilgan[3].
Sheffield United
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ertlning shartnomasi 2009—2010-yilgi mavsum oxirida tugadi va Sheffield United bilan shartnoma imzoladi[4]. Ertl 2011-yilning mart oyida oyogʻidan olgan jarohat oldi va mavsumni ancha erta tugatishga majbur boʻldi. Mavsum oxirida jamoa quyi ligaga tushib qoldi[5].
Portsmouth
[tahrir | manbasini tahrirlash]2012-yil 31-avgustda Ertl qisqa muddatli shartnoma asosida Portsmouthga qoʻshildi[6]. Bir kun oʻtib debyutini oʻtkazdi, Oldham Athleticga qarshi oʻyinda (0:1) avtogol muallifiga aylandi[7]. Yangi yil kuni unga sardorlik bogʻichi topshirildi, olding sardor Brian Howard jarohat tufayli safdan chiqdi[8]. Ertl 2012—2013-yilgi mavsumni muxlislar tomonidan mavsumning eng yaxshi futbolchisi sovrinini olish bilan yakunladi[9].
Faoliyat statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 2-may, 2015-yil
Liga | Kubok | Liga kubogi | Qitʼa | Boshqa | Jami | |||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Klub | League | Mavsum | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar |
Sturm Graz | Bundesliga | 2004—2005 | 27 | 0 | 1 | 0 | — | — | — | 28 | 0 | |||
2005—2006 | 27 | 0 | 1 | 0 | 3 | 0 | 31 | 0 | ||||||
2006—2007 | 7 | 0 | 0 | 0 | — | 7 | 0 | |||||||
Austria Wien | 25 | 1 | 4 | 0 | 6 | 0 | 35 | 1 | ||||||
2007—2008 | 26 | 2 | 0 | 0 | 5 | 1 | 31 | 3 | ||||||
Crystal Palace | Championship | 2008—2009 | 12 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 | — | — | 13 | 0 | ||
2009—2010 | 33 | 0 | 3 | 1 | 1 | 0 | — | — | 37 | 1 | ||||
Sheffield United | 2010—2011 | 28 | 0 | 1 | 0 | 1 | 0 | — | — | 30 | 0 | |||
Birinchi liga | 2011—2012 | 7 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | — | 1 | 0 | 9 | 0 | ||
Portsmouth | 2012—2013 | 37 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | — | 1 | 0 | 39 | 0 | ||
Ikkinchi liga | 2013—2014 | 29 | 1 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 2 | 0 | 32 | 1 | |
2014—2015 | 14 | 1 | 0 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 2 | 0 | 17 | 1 | ||
Jami faoliyati | Avstriya | 112 | 3 | 6 | 0 | — | 14 | 1 | — | 132 | 4 | |||
Angliya | 160 | 2 | 7 | 1 | 4 | 0 | 0 | 0 | 6 | 0 | 177 | 3 | ||
Faoliyat statistikasi | 272 | 5 | 13 | 1 | 4 | 0 | 14 | 1 | 6 | 0 | 309 |
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 2006-yil Avstriya Bundesligasi
- 2006-yil Avstriya kubogi
Individual
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Portsmouth
- 2012—2013-yilgi mavsumning eng yaxshi futbolchisi
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Professional retain lists & free transfers 2012/13“. The Football League (2013-yil may). 2014-yil 2-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 15-iyun.
- ↑ „Ertl Becomes The Third Signing Of The Summer“. cpfc.co.uk (2008-yil 10-iyul). 2012-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 23-oktyabr.
- ↑ „Crystal Palace 2–2 Aston Villa“. BBC Sport (2010-yil 14-fevral). Qaraldi: 2010-yil 14-fevral.
- ↑ „Johannes Ertl wechselt zu Sheffield United“. kleinezeitung.at (2010-yil 9-iyun). 2012-yil 4-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 9-iyun.
- ↑ „Wilson hails United defender's speedy recovery“. The Sheffield Star (2011-yil 26-noyabr). Qaraldi: 2011-yil 26-noyabr.
- ↑ „Portsmouth sign ex-Blade Johnny Ertl on one month deal“. BBC Sport (2012-yil 31-avgust). Qaraldi: 2012-yil 31-avgust.
- ↑ „Portsmouth 0-1 Oldham“. BBC Sport (2012-yil 1-sentyabr). Qaraldi: 2013-yil 15-iyun.
- ↑ „Seven Changes For Pompey“. Portsmouth F.C. (2013-yil 26-yanvar). 2013-yil 15-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 23-oktyabr.
- ↑ „Ertl: It's a lifetime best“. Portsmouth News (2013-yil 22-aprel). Qaraldi: 2013-yil 24-aprel.