Kontent qismiga oʻtish

John Buster

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Doktor John E. Buster

John Edmond Buster (1941-yil 18-iyulda tugʻilgan) – amerikalik shifokor boʻlib, u Los-Anjelesdagi Kaliforniya universiteti tibbiyot maktabida ishlagan vaqtida birinchi marta bir ayoldan boshqasiga embrion koʻchirishni amalga oshirgan va natijada chaqaloq tirik tugʻilgan tadqiqot guruhini boshqargan. Bu tadqiqot Harbor-UCLA tibbiyot markazida amalga oshirilgan[1], 1983-yil iyul oyida bu haqida xabar qilingan va bola tugʻilishi toʻgʻrisidagi eʼlon 1984-yil 3-fevralda berilgan[2]. Jarayonda endigina rivojlana boshlagan embrion sunʼiy urugʻlantirish yoʻli bilan homilador boʻlgan ayoldan 38 haftadan soʻng chaqaloqni dunyoga keltirgan boshqa ayolga oʻtkazildi. Sunʼiy urugʻlantirishda ishlatiladigan sperma bolani tugʻgan ayolning eridan olingan[3][4].

Buster va Los-Anjelesdagi Kaliforniya universiteti tadqiqot guruhining boshqa aʼzolari People Magazine[5] va Time Magazine jurnallarida namoyish etildi[4]. Busterning tadqiqotlariga asoslanib, Qoʻshma Shtatlardagi Kasalliklarni nazorat qilish markazlari (Centers for Disease Control-CDC)[6] tomonidan donor embrion koʻchirilishi natijasida 200 000 dan ortiq tirik tugʻilgan chaqaloqlar qayd etilgan[7][8][9].

Buster Rhode Island shtatidagi Providensce shahridagi Ayollar va chaqaloqlar fertilligi markazida reproduktiv endokrinolog sifatida faoliyatini davom ettirmoqda[10].

Buster Stanford universitetida bakalavriat darajasini olgan va Los-Anjelesdagi Kaliforniya universitetining tibbiyot fakultetida akusherlik va ginekologiya boʻyicha rezidenturada tahsil olgan, keyinchalik aynan shu yerda reproduktiv endokrinologiya va bepushtlik boʻyicha tahsil olgan[11].

Ish faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

John Buster hozirda Rhode Islanddagi Providence shahrida Ayollar va chaqaloqlar kasalxonasida reproduktiv endokrinologiya va bepushtlik boʻlimida ishlaydi[12]. U, shuningdek, xususiy amaliyot bilan shugʻullanadi va Alpert tibbiyot maktabi Ayollar va chaqaloqlar kafedrasida (Braun universiteti) reproduktiv endokrinologiya va bepushtlik boʻyicha klinik oʻqitish bilan shugʻullanadi[13][14].

Busterning reproduktiv tibbiyotdagi tadqiqotlari va klinik amaliy ishlari steroidlar fiziologiyasi, implantatsiyadan oldingi embriologiya, menopauza davridagi gormonlarni almashtirish terapiyasi boʻyicha nashr etilgan izlanishlarni oʻz ichiga oladi. 

Buster Zamonaviy akusherlik va ginekologiya (Contemporary Obstetrics and Gynecology) jurnalida „Jinsiy aloqa va 50 yoshli ayol: qoniqishni tiklash strategiyalari“ maqolasi muallifi[15]. Maqsad ayol jinsiy disfunksiyasining turli sabablarini va akusher/ginekolog va birlamchi tibbiy yordam shifokorlari tavsiya qilishi mumkin boʻlgan oddiy tavsiyalarni tushuntirish edi. Maqola mahalliy ommaviy axborot vositalarida paydo boʻlgan munozaralar bilan omma qiziqishini uygʻotdi[16].

Busterning eng dastlabki tadqiqot ishlaridan biri steroid gormonlar radioimmunoanalizi (RIA)ga qaratilgan[17][18].

Buster Procter & Gamble tomonidan oʻrganilgan ayollar uchun testosteron yetkazib berish tizimini ishlab chiqishga yordam berdi. Bu tizim Yevropada Intrinsa brendi ostida sotiladi[19].

1980-yillarning boshida, 4 yil davomida Kaliforniya universiteti Los-Anjeles tibbiyot maktabida Buster va uning jamoasi in vivo urugʻlantirish va bachadondan embrionlarni olishga asoslangan usulni ishlab chiqdilar – bu usul chorvachilik sanoatida qoramol embrionlarini koʻchirishni tijoratlashtirishdan olingan boʻlib, inson blastotsistlarini fertil ayol donorlardan ovulyatsiya boʻlgan yoki agonadal bepusht retsipiyent ayollarga oʻtkazish vositasi sifatida qaraladi [20]. 1984-yil fevral oyida bu tadqiqot asosida birinchi chaqaloq tirik tugʻilishi, keyin 3 oydan soʻng ikkinchi chaqaloq tirik tugʻilishiga muvaffaq boʻlingan va Buster va uning jamoasi tomonidan eʼlon qilingan[21].

2019-yil aprel oyida Xitoyning Shanxay shahrida boʻlib oʻtgan Xalqaro fertillik jamiyatlari federatsiyasi (International Federation of Fertility Societies – IFFS) Butunjahon kongressida Buster bachadondan embrionlarni olish orqali tiklangan in vivo embrionlardan foydalangan holda birinchi preimplantatsiya genetik testining (PGT) dastlabki natijalarini taqdim etdi[22].

Mukofot va unvonlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Buster 2012-yil may oyida Harbor-UCLA tibbiyot markazida joylashgan LA BioMed kompaniyasidan Legends mukofotini oldi[23][24].

2014-yil iyun oyida Amerika akusher va ginekologlar kolleji (American College of Obstetricians and Gynecologists – ACOG) doimiy ravishda taqdim etilgan maʼruza, Jon E. Busterning zamonaviy reproduktiv tibbiyot boʻyicha maʼruzasini taqdirladi. Ushbu maʼruza har yili oʻtkaziladi[25][26].

  • Buster, JohnE.; Bustillo, Maria; Thorneycroft, IanH.; Simon, JamesA.; Boyers, StephenP.; Marshall, JohnR.; Louw, JohnA.; Seed, RandolphW. et al. (July 1983). "Non-surgical transfer of in vivo fertilised donated ova to five infertile women: report of two pregnancies". The Lancet 322 (8343): 223–224. doi:10.1016/S0140-6736(83)90208-8. PMID 6135059. 
  • Bustillo, M; Buster, JE; Cohen, SW; Hamilton, F; Thorneycroft, IH; Simon, JA; Rodi, IA; Boyers, SP et al. (17 February 1984). "Delivery of a healthy infant following nonsurgical ovum transfer". JAMA 251 (7): 889. doi:10.1001/jama.1984.03340310011002. PMID 6694286. https://archive.org/details/sim_jama_1984-02-17_251_7/page/889. 
  • Buster, JohnE.; Bustillo, Maria; Thorneycroft, Ian; Simon, JamesA.; Boyers, StephenP.; Marshall, JohnR.; Seed, RichardG.; Louw, JohnA. (April 1983). "Non-surgical transfer of an in-vivo fertilised donated ovum to an infertility patient". The Lancet 321 (8328): 816–817. doi:10.1016/S0140-6736(83)91868-8. PMID 6132146. 
  • Buster, John E. (2008). "The first live birth donation". Society for Reproductive Medicine 4 (4): 23–8. 
  • Center for Disease Control and Prevention/Society for Assisted Reproductive Technology Fertility Clinic Reports, 1994–2006.
  • Buster, John E.; Bustillo, Maria; Rodi, Ingrid A.; Cohen, Sydlee W.; Hamilton, Minda; Simon, James A.; Thorneycroft, Ian H.; Marshall, John R. (September 1985). "Biologic and morphologic development of donated human ova recovered by nonsurgical uterine lavage". American Journal of Obstetrics and Gynecology 153 (2): 211–217. doi:10.1016/0002-9378(85)90116-4. PMID 4037016. 
  • Buster JE, Abraham GE: Radioimmunoassay of plasma dehydroepiandrosterone sulfate. Analyt Lett 5:543:551, 1972.
  • Buster JE, Freeman AG, Hobel CJ: An algorithm for determining gestational age from unconjugated estriol levels. Obstet Gynecol. Nov; 56 (5): 649–655, 1980.
  • Buster JE, Chang RJ, Preston DL, Elashoff RM, Cousins LM, Abraham GE, Hobel CJ, Marshall JR: Interrelationships of circulating maternal steroid concentrations in third trimester pregnancies: II. C18 and C19 steroids: estradiol, estriol, dihydro-epiandrosterone, dehydroepiandrosterone sulfate, ∆5androstenedione, testosterone, and dihydrotestosterone. J Clin Endocrinol Metab 48 (1): 139–142, 1979.
  • Buster JE, Change RJ, Preston, DL, Elashoff RM, Cousins LM, Abraham GE, Hobel, CJ, Marshall JR: Interrelationships of circulating maternal steroid concentrations in third trimester pregnancies. I. C21 steroids: progesterone, 16ά-hydroxyprogesterone, 17ά -hydroxy-progesterone, 20ά-dihydroprogesterone, ∆5-pregnenolone, ∆5-pregnenonlone sulfate and 17-hydroxy ∆5-pregnenolone. J Clin Endocrinol Metab 48 (1) 33–38, 1979
  • Rodi IA, Sauer MV, Gorrill MJ, Bustillo M, Gunning JE, Buster JE, Marshall JR: The medical treatment of unruptured ectopic pregnancy with methotrexate and citrovorum rescue: preliminary experience. Fertil Steril. Nov;46 (5): 811–813, 1986.
  • Carson SA, Buster JE: Ectopic pregnancy. N Engl J Med. Oct; 329 (16): 1174–1181, 1993.
  • Buster JE, Kingsberg SA, Aguirre O, Brown C, Breaux JG, Buch A, Rodenberg CA, Wekselman K, Casson P: Testosterone Patch for Low Sexual Desire in Surgically Menopausal Women: A Randomized Trial. Obstet Gynecol, 2005 May; 105(5 Pt 1):944-52.
  • Buster JE, Koltun WD, Pascual MLG, Day WW, Peterson C: Low-dose estradiol spray to treat vasomotor symptoms. Obstet Gynecol 111: 1343–1351, 2008.
  • Buster, JE. Principles of Oocyte and Embryo Donation (Sauer M, ed). "Historical „Evolution of Oocyte and Embryo Donation as a Treatment for Intractable Infertility“ Chapter 1, pp 1–10. ISBN 0387949607ISBN 0387949607.
  1. „Research Accomplishments“. Harbor-UCLA Medical Center. 2016-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 27-iyun.
  2. Blakeslee, Sandra. „Infertile woman has baby through embryo transfer“. New York Times (1984-yil 3-fevral). Qaraldi: 2014-yil 27-iyun.
  3. Friedrich, Otto. „Medicine: A legal, moral, social nightmare“. Time (1984-yil 10-sentyabr). 2009-yil 16-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 27-iyun.
  4. 4,0 4,1 Wallis, Claudia. „The New Origins of Life“. Time (1984-yil 10-sentyabr). 2005-yil 14-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 27-iyun.
  5. Jares, Sue Ellen (1983-08-08). "A UCLA Doctor, First to Transplant Human Embryos, Offers Hope to Infertile Women". People 20 (6). http://www.people.com/people/archive/article/0,,20085636,00.html. Qaraldi: 27 June 2014. John Buster]]
  6. „Assisted Reproductive Technology (ART)“. Centers for Disease Control. Qaraldi: 2014-yil 27-iyun.
  7. „Dead URL“. Sexuality, Reproduction and Menopause magazine. 2009-yil 20-fevralda asl nusxadan arxivlangan.
  8. „Dead URL“. Sexuality, Reproduction and Menopause magazine. 2007-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  9. Mendell. „Talking with Children About Ovum Donation“. American Fertility Association - Infertility and Family Building. 2013-yil 11-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 27-iyun.
  10. „John Buster, MD | Women & Infants' Fertility Center“ (en-US). Women & Infants' Fertility Center. Qaraldi: 2017-yil 27-aprel.
  11. „Reproductive Endocrinology and Infertility Center“. Tufts Medical Center. 2014-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 27-iyun.
  12. England. „John Buster“. www.womenandinfants.org. Qaraldi: 2016-yil 27-iyul.
  13. „Buster, John“. vivo.brown.edu. Qaraldi: 2016-yil 27-iyul.
  14. „Brown University Fellowship in REI“. Alpert Medical School of Brown University. Qaraldi: 2014-yil 27-iyun.
  15. Buster, John (August 2012). "Sex and the 50-Something Woman". Contemporary OB/GYN 57 (8): 32–39. http://www.modernmedicine.com/modernmedicine/Modern+Medicine+Now/Sex-and-the-50-something-woman-Strategies-for-rest/ArticleStandard/Article/detail/784905. Qaraldi: 27 June 2014. John Buster]]
  16. Reinsel Cotter, Pamela. „When desire wanes“. Providence Journal (2012). 2013-yil 30-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 27-iyun.
  17. Buster, John E.; Chang, R. Jeffrey; Preston, Dale L.; Elashoff, Robert M.; Cousins, Larry M.; Abraham, GUY E.; Hobel, Calvin J.; Marshall, John R. (1979). "Interrelationships of Circulating Maternal Steroid Concentrations in Third Trimester Pregnancies. II. C18and C19Steroids: Estradiol, Estriol, Dehydroepiandrosterone, Dehydroepiandrosterone Sulfate, Δ5-Androstenediol, Δ4-Androstenedione, Testosterone, and Dihydrotestosterone". The Journal of Clinical Endocrinology & Metabolism 48 (1): 139–142. doi:10.1210/jcem-48-1-139. PMID 154525. https://academic.oup.com/jcem/article-abstract/48/1/139/2679266?redirectedFrom=fulltext. 
  18. Buster, John E.; Abraham, Guy E. (5 December 2006). "Radioimmunoassay of Plasma Dehydroepiandrosterone Sulfate". Analytical Letters 5 (8): 543–551. doi:10.1080/00032717208062119. 
  19. „Should testosterone therapy be used to treat HSDD in reproductive-aged women?“.[sayt ishlamaydi]
  20. 1“, Principles of Oocyte and Embryo Donation Sauer: . New York: Springer-Verlag, 1998 — 1–10-bet. ISBN 0387949607. 
  21. „Embryo-Transfer Baby Born“. The New York Times (1984-yil 25-mart). Qaraldi: 2014-yil 27-iyun.
  22. „International Federation of Fertility Societies (IFFS)“.[sayt ishlamaydi]
  23. „Medical researchers honored at LA Biomeds legends event“. Daily Breeze (2012-yil 10-may). Qaraldi: 2014-yil 27-iyun.
  24. Women & Infants Hospital of Rhode Island. „Physician to be honored as Legend“. Press-reliz.
  25. „Endowments - ACOG“. www.acog.org. Qaraldi: 2016-yil 27-iyul.
  26. „Subspecialty Sessions - ACOG“. www.acog.org. 2016-yil 20-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 27-iyul.