John Dalton
Qiyofa
DALTON (Dalton) Jon (1766.6.9, Iglsfild, Angliya,— 1844.27.7, Manchester) — ingliz kimyogari va fizigi. Atomistik nazariya asoschisi. London Qirollik jamiyatining aʼzosi (1822 yildan), D. gazlar xossalarini oʻrganib, gazlarning parsial bosimi qonunini (1801), gazlarning eruvchanligi parsial bosimiga bogʻlikligini (1803), kimyoning asosiy qonunlaridan biri — karrali nisbatlar qonunini (1803) aniklagan. D. kimyoviy elementlarning birinchi nisbiy at. m.lari jadvalini tuzgan (1803), meteorologiya masalalari bilan ham shugʻullangan. 1794 yilda ilk bor koʻrish nuqsoni — rang ajrata olmaslik (daltonizm) haqida yozgan.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |