Kontent qismiga oʻtish

John E. Reyburn

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

John Edgar Reyburn (1845-yil 7-fevral — 1914-yil 4-yanvar) — Amerika Qoʻshma Shtatlarining Ogayo shtatidan boʻlgan amerikalik siyosatchi. 1890-1897-yillarda Pensilvaniya shtatining 4-kongress okrugida Respublikachilar partiyasi aʼzosi, 1906-1907-yillarda Pensilvaniya shtatining 2-kongress okrugida Respublikachilar partiyasi aʼzosi va Filadelfiya shahrining meri vazifalarini bajargan.

Bolaligi va oʻqishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

John Edgar Reyburn Ogayo shtatining New Carlisle shahrida tugʻilgan. Otasi William va onasi Lydia Reeder Crain Reyburn. John Edgar Reyburn xususiy oʻqituvchi tomonidan oʻqitilgan va Pensilvaniya shtatining Gʻarbiy Filadelfiya shahridagi Sonders institutida taxsil olgan. U huquqshunoslikni oʻrgangan va 1870-yilda advokatlikka qabul qilinib Filadelfiyada amaliyot boshlagan. U Margaretta Eleanor Crozierga uylangan va ularning William Stuart, Robert Crozier va Eleanor Crozier ismli uchta farzandlari boʻlgan.[1]

Mehnat faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

John Edgar Reyburn 1871-yilda va qayta 1874-yildan 1876-yilgacha Pensilvaniya Vakillar palatasining aʼzosi boʻlgan. U 1876-yildan 1892-yilgacha Pensilvaniya shtati Senati aʼzosi boʻlgan va 1883-yilgi sessiyada vaqtinchalik prezident vazifasini bajargan.[2]

William D. Kelleyning oʻlimi tufayli boʻsh qolgan oʻrinni toʻldirish uchun Kongressga respublikachi sifatida saylangan. John Edgar Reyburn Kongressga uch marta qayta saylangan va 1890-yil 18-fevraldan 1897-yil 3 martgacha faoliyat yuritgan. 1896-yilda saylovda muvaffaqiyat qozona olmagan. Robert Adams, Jr.ning oʻlimi tufayli boʻsh qolgan oʻrinni toʻldirish uchun Kongressga saylangan va 1906-yilda 60-Amerika Qoʻshma Shtatlari Kongressiga qayta saylangan. U yerda 1906-yil 6-noyabrdan 1907-yil 31-martgacha Filadelfiya meri vazifasini bajarishga kirishguniga qadar faoliyat yuritgan. 1907-yilda Filadelfiya meri saylovida muvaffaqiyat qozinob 1907-yil 1-apreldan 1911-yil 4-dekabrga qadar mer vazifasini bajargan. Filadelfiyada ishlab chiqarish bilan shugʻullangan, ammo Vashingtondagi rezidentsiyasini saqlab qolgan.[3]

John Edgar Reyburn 1914-yil 4-yanvarda Vashingtondagi rezidentsiyasida vafot etgan va Pensilvaniya shtatining Filadelfiya shahridagi Laurel Hill qabristoniga dafn qilingan.