Kontent qismiga oʻtish

John Jackson (harbiy ruhoniy)

Vikipediya, erkin ensiklopediya

John Jackson (talaffuzi: Jon Jekson; taxminan 1700—1717) — anglikan ruhoniysi, Newfoundland shtati St. Johnʼs shahri garnizonining birinchi ruhoniysi[1]. Newfoundland va hozirgi Kanadada birinchi anglikan cherkovini qurishda ishtirok etgan[2]. Jackson 1700-yilda St. Johnʼs garnizonining ruhoniysi etib tayinlanadi, hamda, 1701-yilda xotini va sakkiz farzandi bilan Newfoundlandga kemada suzib ketadi. Jackson Sir John Norris va Sir John Gibsonning 1697-yilda orol boʻylab qilgan ekspeditsiyasida ham ruhoniy boʻlib xizmat qilgan, degan taxminlar bor[1]. Dastlab, Jacksonning yiliga ellik funtdan iborat maoshi tinch aholidan olinadigan soliqlarga bogʻliq edi, ammo 1703-yilga kelib u Society for the Propagation of the Gospel in Foreign Parts (tarj. „Injilni xorijiy hududlarda targʻib qilish“) jamiyati tomonidan moliyalashtiriladi[3].

U zobitlarni oddiy askarlar va shahar aholisiga qarshi qoʻyib, ahvolni keskinlashtiradi. Jackson doimiy ravishda ofitserlarga qarshilik koʻrsatadi va „aholi oʻrtasida nizo keltirib chiqarish“da ayblandi. Jackson Angliyadagi boshliqlariga qayta-qayta maktub yozib, ofitserlarning, jumladan Michael Richards va Thomas Lloydning xatti-harakatlaridan shikoyat qilgan[1].

1704—1705-yillar qishida bir guruh ofitserlar, jumladan Richards va Lloyd, Londondagi Savdo kengashiga Jacksonning buzgʻunchi taʼsirga ega ekanligidan shikoyat qiladilar va uni chaqirib olishni talab qiladilar. 1705-yilda Jackson va uning oilasi (bu paytda oʻn bir nafar bolasi bor edi) Falkland kemasida Newfoundlandni tark etishadi. Kema Kent shtati Sandwich koʻrfazi yaqinida sayozlikka oʻtirib qoladi. Hech kim halok boʻlmaydi lekin Jacksonlar oilasi mol-mulkining katta qismidan ayriladi[1].

1709-yilda Jackson Gloucestershire shtati Dursley shahrida vikariy lavozimini egalladi. 1710-yilda esa Mary Bissett ismli ayolga uylandi. (Birinchi xotinining taqdiri nomaʼlum, u Newfoundlandda vafot etgan boʻlishi mumkin). Xuddi oʻsha yilda Uley pastori boʻldi[1].

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 Godfrey, Michael (1979). "Jackson, John". in Hayne, David. Dictionary of Canadian Biography. II (1701–1740) (online nashri). University of Toronto Press. http://www.biographi.ca/en/bio/jackson_john_2E.html. 
  2. „First Anglican Eucharist(s) in Canada“. Frequently Asked Questions. The General Synod of the Anglican Church of Canada (2012). Qaraldi: 9-iyun 2012-yil.
  3. Wallace, W. Stewart. „Religious History of Newfoundland (to 1949)“. The Encyclopedia of Canada. Newfoundland Supplement 43–55, 62–67. University Associates of Canada (1949). Qaraldi: 9-iyun 2012-yil.