Kontent qismiga oʻtish

John Yzendoorn

Vikipediya, erkin ensiklopediya
John Yzendoorn
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi John Yzendoorn
Tavallud sanasi 17-sentyabr 1955-yil (1955-09-17) (69 yosh)
Tavallud joyi Lids, Angliya[1]
Boʻyi 1.70 m
Ampluasi Himoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1972–1974 Preston North End 0 (0)
1976 Morecambe
1978 Prahran Slavia
1979–1982 Heidelberg United 92 (11)
1983–1985 South Melbourne 64 (5)
1986–1988 Brunswick Juventus 60 (7)
1989 Sandringham City
1993 Croydon City 17 (0)
Milliy terma jamoa
1980–1981 Avstraliya 13 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(20-avgust uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (7-mart uchun)

John Yzendoorn (1955-yil 17-sentyabrda tugʻilgan) - Futbol boʻyicha Avstraliya chempionatida Heidelberg United, South Melbourne va Brunswick Juventus klublari safida oʻynagan sobiq professional futbolchi. Angliyada tug'ilgan, Xalqaro musobaqalarda Avstraliya sharafini himoya qilgan.

Klublardagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yzendoorn oʻz faoliyatini Angliyaning „Preston North End” klubi safida boshlagan. Ammo 1974-yilda shartnoma bekor qilingan[2]. Keyin u Morecambe klubi bilan shartnoma imzolagan[3]. Yzendoorn keyinchalik Avstraliyaga ko'chib oʻtdi va 1979-yilda Melburn shahrining „Heidelberg United“ klubi bilan shartnoma imzoladi. Ushbu klub safida to'rt mavsum harakat qildi. Yzendoorn 1983-yilda „South Melbourne“ klubi safiga qoʻshildi va 1984-yilgi chempionatda ushbu klub safida harakat qildi. South Melbourne bilan shartnomasi yakunlanganidan soʻng, 1986-yilda Brunswick Juventusga ko'chib o'tdi.

2009-yilda Yzendoorn South Melbourne klubining shon-shuhrat zaliga kiritilgan dastlabki futbolchilardan biriga aylandi[4].

Terma jamoadagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yzendoorn xalqaro maydondagi debyutini 23 yoshida amalga oshirgan. Rudi Gutendorf tomonidan 1979-yilda Belgradning „Partizan“ klubiga qarshi ikkita o‘yinda ishtirok etish uchun tanlangan va har ikkala o‘yinda ham zaxiradan maydonga tushgan. 1980-yilda Chexoslovakiya terma jamoasiga qarshi 2:2 hisobi bilan yakunlangan bahsda yana zaxiradan maydonga tushdi. Yzendoorn o'zining terma jamoa safidagi birinchi va yagona golini o'sha yilning oxirida Sidneydagi Meksikaga qarshi boʻlib oʻtgan bahsda kiridi.

Yzendoorn 1982-yilgi jahon chempionati saralash bahslarida qatnashish uchun 1981-yilda Avstraliyaning uchun Avstraliya fuqaroligini olgan[5].

Heidelberg United klubi safida:

  • Avstraliya Avstraliya chempionati: 1980-yil (2-oʻrin)
  • Avstraliya Avstraliya kubogi: 1980, 1982-yillar (Finalchi)

South Melbourne klubi safida:

  • Avstraliya Avstraliya chempionati: 1984-yil (Chempion)

Brunswick Juventus klubi safida:

  • Avstraliya Avstraliya kubogi: 1988-yil (Finalchi)
  1. Rothmans Football Yearbook 1974–1975, p380, Queen Ann Press Limited – confirmation of birthplace
  2. Rothmans Football Yearbook 1974–1975 (published 1974), p380, Queen Ann Press Limited
  3. Lancaster City v Morecambe programme, 11 October 1976
  4. „South Melbourne FC celebrate 50 years“. Football Federation Victoria (2009-yil 20-noyabr). 2011-yil 6-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 20-avgust.
  5. „Players given citizenship“. The Canberra Times (1981-yil 27-mart), s. 21. Qaraldi: 2022-yil 8-mart.