Kontent qismiga oʻtish

Johnson & Johnson COVID-19 vaksinasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Johnson & Johnson COVID-19 vaksinasi (Ad26.COV2.S, JNJ-78436735[1]) — Johnson & Johnson va Janssen-Cilag International N.V. kompaniyalari hamkorligida ishlab chiqarilgan COVID-19 ga qarshi vaksina. Mushak ichiga yuboriladi. 2020-yil 1-dekabrda Yevropa dori vositalari agentligi (inglizcha: European Medicines Agency; EMA, EMEA) Ad26.COV2.S vaksinasini insonlarda sinab koʻrishni boshladi. Sinovlar natijasida vaksina SARS-CoV-2 ga qarshi antitanachalarni va immun toʻqimalarni yuzaga keltirishi aniqlandi. 1-, 2-faza klinik tekshiruvlari natijalari 2020-yil sentabrda eʼlon qilingan[2]. 3-faza tekshiruvlariga koʻra Johnson & Johnson vaksinasining samaradorligi AQShda 57% va 72% Afrika mintaqasida esa undan 15% pastroq natija berdi. Bu holat Afrikada „Janubiy Afrika shtammi“ (501.V2) tarqalgani bilan bogʻliq ekani taxmin qilingan[3]. 2021-yilning may oyida 70 million doza yaroqsiz Johnson & Johnson vaksinasi ishlab chiqarilgani maʼlum qilindi[4]. Shuningdek, Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti koronavirusga qarshi kurashish doirasida ushbu vaksinani tasdiqladi va favqulodda foydalanish uchun tavsiya etilgan vaksinalar roʻyxatiga kiritildi[5].

Farmakologiya

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vaksina biotexnologik yoʻl bilan, inson uchun patogen taʼsirga ega boʻlgan SARS-CoV-2 koronavirusidan foydalanilmagan holda yaratilgan.

2021-yil 9-fevralda Janubiy Afrika Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri AstraZenecaning 1 million dozasini sotishi yoki almashtirishini aytgandi. 17-fevraldan Janubiy Afrika Respublikasida Ad26.COV2.S vaksinatsiyasi boshlandi[6].

Nojoʻya taʼsiri

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Johnson & Johnson vaksinasi bilan emlangan 74 yoshli amerikalik Richard Torrellning tanasida toshmalar toshib, teri toʻkilish holati kuzatilgan[7][8]. AQShda kuzatilgan 6 ta tromboz holatidan keyin AQSh oziq-ovqat va farmatsevtika nazorati boshqarmasi (inglizcha: Food and Drug Administration; FDA, USFDA) va AQSh kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazlari (inglizcha: Centers for Disease Control and Prevention; CDC) Johnson & Johnson vaksinasi bilan emlashni toʻxtatib turishni tavsiya etdi[8]. 2021-yil 10-apreldan Johnson & Johnson va Janssen Pharmaceutica kompaniyalari tomonidan yaratilgan yaratilgan vaksina nojoʻya taʼsirlarga qayta tekshiruvdan oʻtishi maʼlum qilingan.

Daniya vaksinatsiyadan keyin kuzatilgan tromboz hodisalari sababli Johnson & Johnson vaksinasidan foydalanmasligini maʼlum qilgan[9][10]. 2021-yilning 13-iyul kuni AQSh oziq-ovqat va farmatsevtika nazorati boshqarmasi Johnson & Johnson vaksinasi Giyena-Barre deb nomlangan kamyob nevrologik kasallikni keltirib chiqarishini aniqladi. Shu bilan birga, ushbu vaksinani olganlarda harakatning qiyinlashishi, holsizlik, yuz harakatida muammolar yuzaga kelishi mumkinligi aytilgan[11].

  1. „(This statement was updated on 4-oktabr 2020-yil to include additional information) Johnson & Johnson Posts Interim Results from Phase 1/2a Clinical Trial of its Janssen COVID-19 Vaccine Candidate“ (en). Johnson & Johnson. Qaraldi: 2021-yil 4-yanvar.
  2. GMPnewsRu. „Вакцина от COVID-19 компании Johnson & Johnson формирует сильный иммунный ответ“ (ru) (2020-yil 6-avgust). Qaraldi: 2020-yil 14-dekabr.[sayt ishlamaydi]
  3. „Johnson & Johnson отчиталась об эффективности своей вакцины от COVID-19“ (ru). РБК. Qaraldi: 2021-yil 29-yanvar.
  4. „Вакцина ишлаб чиқарувчи компанияларнинг бири 70 млн доза яроқсиз вакцина чиқаргани аниқланди“. Bugun.uz. 2021-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 8 май. „arxiv nusxasi“. 2021-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 14-iyul.
  5. „ЖССТ коронавирусга қарши фойдаланиш учун яна бир вакцинани тасдиқлади“. Bugun.uz. 2021-yil 27-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 13 март.
  6. Gabriele Steinhauser.. „South Africa Rolls Out J&J Covid-19 Vaccine to Healthcare Workers“ (en). Wall Street Journal (2021-yil 17-fevral).
  7. „У жителя США стала слезать кожа после вакцинации препаратом Johnson & Johnson“ (ru). Гаzета.СПб (2021-yil 1-aprel). 2021-yil 26-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 14-iyul.
  8. 8,0 8,1 „США рекомендовали прекратить вакцинацию препаратом Johnson & Johnson“ (ru). Новости Mail.ru (2021-yil 13-aprel). 2021-yil 13-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 13-aprel.
  9. „Дания отказалась от вакцины Johnson & Johnson“. Lenta.ru (2021-yil 3-iyun).
  10. „В Дании не будут больше использовать препарат J&J в вакцинации против COVID-19“ (ru). Гаzета.СПб (2021-yil 4-may). 2021-yil 26-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 14-iyul.
  11. „Коронавирус вакциналаридан бирининг камёб неврологик касалликни келтириб чиқариши аниқланди“. Bugun.uz. 2021-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 14-iyul.