Kontent qismiga oʻtish

Mona Lisa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Jokondadan yoʻnaltirildi)
Mona Lisa
(italyancha: La Gioconda, fransuzcha:La Joconde)
Leonardo da Vinci, 15031506-yillar atrofida
Moyboʻyoq
77 × 53 sm
Musée du Louvre, Parij

Mona Lisa“ (talaffuzi: Mona Liza; italyancha: Gioconda yoki Monna Lisa; fransuzcha: Joconde) — italyan musavviri Leonardo da Vinci tomonidan taxminan 1503-yilda chizilgan yosh ayol portreti. Surat sanʼat namunalari ichida eng mashhurlaridan hisoblanadi. Uygʻonish davriga taalluqlidir. Luvr muzeyida saqlanadi.

Suratning toʻliq nomi — Ritratto di Monna Lisa del Giocondo — „Lisa Gioconda xonim portreti“. Italyan tilida „madonna“ soʻzlari „mening bekam“ maʼnosini anglatadi. Bu soʻz iborasining qisqartirilgan koʻrinishi „monna“ yoki „mona“ deb aytiladi. Model ismining ikkinchi qismi erining familiyasi deb hisoblanadi — del Giocondo, italyan tilidan toʻgʻridan-toʻgʻri „quvnoq, oʻynoqi“ deb tarjima qilish ham mumkin. Shuning uchun ham ayrim joylarda La Gioconda — „quvnoq, oʻynoqi“ sifatida tushuniladi.

Ilk bor „la Gioconda“ 1525-yilda Leonardo da Vincining vorisi va shogirdi — musavvir Salai vasiyatnomasi roʻyxatida tilga olingan. U suratni Milandagi oʻz singillariga qoldirgan. Suratdagi yozuv uni La Gioconda ismli xonimning portreti ekanligidan darak beradi[1].

Leonardo da Vincining birinchi italyan biograflari bu surat musavvirning ijodida alohida oʻrin egallagani toʻgʻrisida yozgishgan. Rassom boshqa koʻplab buyurtmalardian farqli „Mona Lisa“ ustida ishlashdan hech charchamagan. Aksincha unga doimo oʻzgacha mehr bilan yondashgan, „Angiaridagi jang“ asari ustida ishlashdan qolgan vaqtini toʻlaligicha unga sarflagan. Leonardo bu asarga vaqtining salmoqli qismini sarflagan hamda balogʻat yoshida Italiyadan ketayotib boshqa bir necha tanlab olingan suratlari bilan birga uni ham oʻzi bilan Fransiyaga olib ketgan. Da Vinci bu portretga juda bogʻlanib qolgan edi va uni yaratilishi paytida koʻp fikr yuritgan. Masalan „Rassomlik toʻgʻrisidagi falsafiy asar“ hamda rassomlik texnikasi toʻgʻrisidagi unga kirmagan oʻz yozuvlarida shubhasiz aynan „Djokonda“ga aloqador koʻp koʻrsatmalarni topish mumkin.

Ikkinchi jahon urushi arafasida

[tahrir | manbasini tahrirlash]

II jahon urushi davrida natsistlar tomonidan dunyo sanʼati va madaniyatini Germaniya hududiga koʻchirish boʻyicha alohida dastur ishlab chiqiladi. Unga koʻra, mashhur rasmlar, badiiy asarlar, qoʻlyozma nusxalar, haykaltaroshlik buyumlari, nafis sanʼat namunalarini urushdan keyin ochilishi reja qilingan Fyurer Oliy muzeyida saqlash moʻljallangan. Natsistlar okkupatsiya davrida talon-toroj etishni koʻzlagan muassasalar roʻyxatida Luvr muzeyi asosiy nishon boʻlsa, undagi bosh obyekt Mona Lisa portreti edi[2].

Mona Lisaning asrab qolinishida Fransiya milliy muzeyining direktori Jak Jaujard alohida ahamiyatga ega[2].

1938-yilning mart oyida Germaniya Avstriyani anneksiya qilganidan soʻng, oʻsha paytdagi Milliy muzey direktorining oʻrinbosari Jaujard urushning oldini olishga boʻlgan umid kichik umidlarini ham yoʻqotdi. Britaniyaning tinchlantirish siyosati fashistlar bosqinini toʻsib qoʻya olmasdi, fashistlarning Fransiyaga bostirib kirishi portlashlar, talon-toroj qilish hamda ulgurji oʻgʻirlik orqali madaniy boyliklarni yoʻq qilishga olib kelishi aniq edi. Shunday qilib, Luvrning suratlar kuratori Rene Gyuyge bilan birga Jaujard Luvrning deyarli barcha sanʼatini, jumladan, rasmlarning oʻzidan 3 600 ini evakuatsiya qilish boʻyicha yashirin reja tuzdi[2][3].

Evakuatsiya qilingan sanʼat asarlari orasida Teodor Gerikolt tomonidan ishlangan 16x24 fut oʻlchamdagi „Meduza rafi“, qariyb 4 000 yillik tarixga ega „Mutafakkir“ haykali kabi nozik hamda ulkan artefaktlar ham bor edi[2].

Mona Lisaning qutqarilishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1939-yil 25-avgustda Germaniya va Sovet Ittifoqi hujum qilmaslik to'g'risidagi shartnomani eʼlon qildi. Jaujard oʻz harakatini amalga oshirishga kirishdi. Oʻsha kuni u Luvrni, goʻyoki „taʼmirlash uchun“, uch kunga yopdi va puxta rejasi amalga oshdi. Luvr xodimlari, École du Luvr talabalari hamda Grands Magasins du Louvre univermagi ishchilari (imkon qadar) rasmlarni ramkalaridan olib tashlashdi, haykallar va boshqa narsalarni koʻrgazma zallaridan yogʻoch qutilarga koʻchirishdi. Barcha asarlar evakuatsiya ustuvorligini koʻrsatuvchi belgilar bilan yorliqlangan — toʻplamning aksariyat qismi uchun sariq yorliq, katta ahamiyatga ega boʻlgan ishlar uchun yashil yorliq hamda global merosning eng katta xazinalari uchun qizil yorliq. Mona Lisa qizil baxmal bilan qoplangan maxsus terak qutisiga joylashtirilgan. Quti yana bir qutiga solingan va u uchta qizil nuqta bilan belgilangan edi. Eʼtiborlisi, bu butun toʻplamdagi shunday reytingga ega yagona ish[2][4].

1939-yil 28-avgustda yuzlab yuk mashinalaridan iborat kolonnalarda yigʻib, tayyorlangan mingta sandiq toʻla qadimiy artefaktlar, 268 sandiq rasmlar va yana koʻp narsalarni olib ketishdi. Shahar tashqarisidagi saroyda sanʼat asarlarini bombardimon nishonlaridan uzoqda saqlash uchun maxsus joy hozirlangan edi. Atigi uch kun ichida 200 kishi 3600 ta rasmni, qoʻshimchasiga yana koʻplab chizmalar, haykaltaroshlar, sanʼat buyumlari haamda qadimiy osori-atiqalarni qutilarga joylashtirdi. „Meduza rafi“ kabi ulkan rasmlar ramkalaridan olib tashlash va oʻrash uchun juda moʻrt boʻlib, vertikal ravishda tashish kerak edi. Buning uchun Jaujard Komedi Fransezdan manzarali treylerlarni qoʻlladi. Mona Lisa tez yordam mashinasida, tirnashlardan iloji boricha xavfsiz boʻlishi uchun elastik osma zambilda tashildi[2][5].

Mona Lisa hech qanday ortiqcha belgilarsiz, barcha asarlarga qoʻyilganidan farqli shifrlanmasdan, quti tarkibi taʼsir oʻtkazmaydigan tarzda joylandi va „MN“ harflari bilan belgilandi[2][6].

Keyinchalik Jaujard asarga yangi mas’ul boʻlgan kuratorga asarning qaysi qutida ekanligini bilish va undagi kodga qizil rangdagi „L. P.0“ kodini qoʻshish uchun xat yozdi („LP“ — „Luvr rasmlari“ degan maʼnoni anglatadi) . Mona Lisa Luvrning qolgan kolleksiyasi bilan birga Luara vodiysidagi eng katta bino boʻlgan Château de Chambord saroyiga eson-omon yetib keldi. U yerda asarlar saralanadi hamda boshqa qishloq cherkovlari, muzeylari va abbatliklariga tashish uchun boʻlinadi[2][7].

Urush davrida

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1939-yil noyabr oyida Mona Lisa Chamborddan katta formatli rasmlar saqlanadigan eng shimoliy sanʼat ombori boʻlgan Luvini saroyiga olib borildi, bu uni olgʻa siljib kelayotgan nemis armiyasining qoʻli yetmasligi uchun koʻrilgan chora edi. Sandiq yana tez yordam zambilida, faqat bu safar namlikni doimiy ushlab turish uchun yopilgan zirhli furgonda tashiladi. Uning yonida kurator barcha favqulodda holatlarga mushukdek tayyor holatda oʻtirib boradi. Keyinroq havo aylanishining yoʻqligi uni deyarli boʻgʻib qoʻyganini aytgandi[2].

Urush davridagi Fransiyada xavfsizlik juda kamyob tushuncha edi. Jaujard hamda boshqa amaldorlar logistika bilan shugʻullanadilar va Fransiyaning madaniy boyliklarini fashistlardan, Vichidan, shuningdek, toʻgʻridan-toʻgʻri Fransiyaga qarshi hamkorlikdagi ittifoqchilar bombalaridan uzoqda saqlash uchun urush davomida katta shaxsiy xavf ostida qoʻshimcha harakatlarni tashkil qiladilar. Mona Lisa girdobdan uzoqda qolish uchun yana besh marta oʻrnini oʻzgartiradi[2].

Fransiyaning janubidagi mustahkam abbatlik Mona Lisa hamda boshqa durdona asarlarni himoya qilish uchun toʻgʻri tanlov deb qaraladi. Ammo bir necha oy ichida saqlovchilar nam muhit rasmlarga zarar yetkazishidan xavotirlanishdi. Mona Lisa va „hamrohlari“ yana janubga, Tuluzadan 35 mil shimolda joylashgan Montaubandagi Ingres muzeyiga koʻchirildi. U yerga Mona Lisa 1940-yil 3-oktyabrda keldi va Montauban episkoplarining sobiq qarorgohida ikki yildan koʻproq vaqt qoldi. Ammo bu yerda ham ikki marta baxtsiz hodisa yuz berdi: bir marta 1941-yilning dekabrida, Luvr asarlari saqlanadigan xonada shift qandili uzilib tushganida va bir marta 1942-yilning avgustida kuchli momaqaldiroq ham yomgʻir katta suv toshqinini keltirib chiqarib, muzeydagi 69 ta rasmni namlagan. Baxtga Mona Lisa ulardan biri emas edi[2].

Luvrga qaytarilishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1943 yil boshida Jaujard Ingres endi xavfsiz emas deb qoʻrqdi. Germaniya 1942-yil noyabr oyida neytral hududga bostirib kirgan, muzey Tarn daryosi ustidagi koʻprik yaqinida joylashgan boʻlib, Jaujard bombardimon uchun qaynoq nishon boʻlishi mumkinligini bilar edi. 1943-yil fevralida Mona Lisa yana urush davridagi soʻnggi yashirin maydonga, Fransiya janubi-gʻarbiy qismidagi Montal binosiga koʻchirildi[2].

Parij 1944-yil 25-avgustda ittifoqchilar tomonidan ozod qilindi. 1945-yil 8-mayda Germaniya soʻzsiz taslim boʻldi va Yevropada urush tugadi. Nihoyat, Luvr asarlari uyga qayta boshladi. Urush paytida fashistlar muzeyga qoʻpol munosabatda boʻlishgan, uni talab ketishgan, galereyalari asosan boʻsh edi. Evakuatsiyadan qolgan kichik qismlar hamda Germaniyaga olib ketishdan oldin muzeyda saqlanayotgan yahudiylarning shaxsiy kolleksiyalaridan talon-toroj qilingan sanʼat qutilari bundan mustasno. Luvr 1945—1946-yillarda keng qamrovli rekonstruksiya qilindi, uning galereyalari qurib bitkazilgach, qisman ochildi. Mona Lisa 1945-yil 16-iyunda qaytib keldi[2].

Fransuz olimi Paskal Kott Leonardo da Vincining mashhur asari ostida yashiringan ayolning ikkinchi portretini topib, uning tashqi koʻrinishini raqamli rekonstruksiya qilganini maʼlum qilgan. Nomaʼlum ayol bir tomonga qarab turganga oʻxshaydi, shuningdek, portretning oxirgi versiyasidagi ayolga qaraganda ancha nozik hamda nafosatli yuziga ega.[8]

Italiya madaniy meros milliy qoʻmitasi prezidenti Silvano Vincheti Mona Lisa koʻzlarida mitti harf va raqamlarni aniqladi. Oʻng koʻz qorachigʻida „LV“ harflari yoki shartli ravishda musavvirning oʻzini anglatuvchi „L2“ belgisi joylashgan. Chap koʻz qorachigʻidagi alomatlarni anglash, tushunishning imkoni boʻlmagan.[9]

Ekranlashtirilishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ikkinchi jahon urushidan keyin urush davrida Mona Lisa hamda boshqa sanʼat asarlarining fashistlar tomonidan izlangani, yashirilganligi, olib ketilgan durdonalar ham ortga qaytarilgani haqida bir qancha hujjatli hamda badiiy filmlar ishlangan:

Yil Nomi Original nomi Rol
2014 f Fransiya sanʼatining qutqaruvchisi: Mona Lisa qanday qilib natsistlardan uzoqlashgan Saviour of France’s art: how the Mona Lisa was spirited away from the Nazis
2014 f Mona Lisani qutqargan fransuz The Frenchman who saved the Mona Lisa
2014 f Mashhur va nomaʼlum Illustre et Inconnu
2014 f Xazina ovchilari The Monuments Men
2015 f Luvrni qutqargan odam he Man Who Saved the Louvre
  1. „Mona Lisa. Besh yuz yildan beri lol qoldirib kelayotgan surat“ (2018-yil 1-oktyabr). 2022-yil 27-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 27-oktyabr.
  2. 2,00 2,01 2,02 2,03 2,04 2,05 2,06 2,07 2,08 2,09 2,10 2,11 2,12 [https://www.mentalfloss.com/article/84865/how-mona-lisa-escaped-destruction-during-world-war-ii „How the Mona Lisa Escaped Destruction During World War II Livius Drusus“] (2016-yil 25-avgust). 2022-yil 27-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 27-oktyabr.
  3. „How France Hid the Mona Lisa & Other Louvre Masterpieces During World War II“. openculture.com. Qaraldi: 8-avgust 2023-yil.
  4. „Five of the Greatest Art Saves of World War II“. atlasobscura.com (2014-yil 24-yanvar). 2023-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-avgust 2023-yil.
  5. „Did the Nazis steal the Mona Lisa?“. theguardian.com (2013-yil 12-noyabr). 2023-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-avgust 2023-yil.
  6. „How the Mona Lisa Escaped Destruction During World War II“. mentalfloss.com (2016-yil 24-avgust). 2022-yil 27-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-avgust 2023-yil.
  7. „The Man Who Saved the 'Mona Lisa' From the Nazis“. haaretz.com (2015-yil 6-mart). 2023-yil 28-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-avgust 2023-yil.
  8. „Revealed: The OTHER Mona Lisa. Second portrait of a woman is spotted under da Vinci's masterpiece“ (2015-yil 9-dekabr). 2022-yil 27-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 27-oktyabr.
  9. „Leonardo da Vincining “Mona Lisa” tabassumi ortiga yashirilgan sirli nomasi“ (2017-yil 15-iyul). 2022-yil 27-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 27-oktyabr.