Kontent qismiga oʻtish

Jonathan Beaulieu-Bourgault

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Jonathan Beaulieu-Bourgault
Beaulieu-Bourgault St. Pauli bilan, 2009-yil
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Jonathan Beaulieu-Bourgault[1]
Tavallud sanasi 27-sentyabr 1988-yil (1988-09-27) (36 yosh)
Tavallud joyi Montreal, Quebec, Kanada
Boʻyi 1.80 m[2]
Ampluasi Yarim himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2003—2005 Lakers du Lac Saint-Louis
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2006—2010 FC St. Pauli II 46 (2)
2006—2010 FC St. Pauli 11 (0)
2008—2009SV Wilhelmshaven (ijara) 23 (1)
2009SV Wilhelmshaven II (ijara) 1 (0)
2010—2012 Preußen Münster 51 (1)
Milliy terma jamoa
2004—2005 Kanada U17 7 (1)
2006—2007 Kanada U20 15 (1)
2009—2013 Kanada 10 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Jonathan Beaulieu-Bourgault (talaffuzi: Jonaton Bolyo-Burgo; 1988-yil 27-sentyabrda tugʻilgan) — kanadalik sobiq professional futbolchi, yarim himoyachi sifatida oʻynaydi[2].

Jonathan Quebecning Monreal shahrida tugʻilgan. „St.Pauli“ klubida oʻynagan. Nord mintaqaviy ligasida jamoasi bilan 2-oʻrin olgan. 2006—2007-yilgi Bundesliga mavsumida oyogʻi singanligi sababli oldingi mavsumda oʻynay olmagan edi[3].

2010-yil 21-iyunda SC Preußen Münster bilan shartnoma imzoladi[4] va u yerda ikki yil oʻynadi.

Xalqaro faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Beaulieu-Bourgault Kanada U20 terma jamoasida oʻynagan. 2006-yilning may oyida Braziliyaga qarshi uchta oʻyindan iborat seriyada debyut qilgan. Kanadaliklar birinchi oʻyinda 2:1 hisobida gʻalaba qozonishdi, bu Kanada terma jamoasi Braziliya terma jamoasiga qarshi birinchi marta gʻalaba qozonish edi. Beaulieu-Bourgault yarim himoya ampluasida oʻynadi, shunga qaramay hujumkorligi bilan oʻzini koʻrsata oldi[5] Bungacha 2005-yilgi FIFA yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida Kanada terma jamoasi aʼzosi boʻlgan, garchi u jamoada oʻynamagan boʻlsa ham[6].

Jonathan 2007-yilda oʻz mamlakatida boʻlib oʻtgan FIFA U-20 Jahon chempionatiga terma jamoaga chaqirilgan va jamoaning uchta oʻyinida ham maydonga tushgan. 2007-yilning 8-iyulida Kongoga qarshi oʻyinda Kanada darvozaboni Asmir Begović jarima maydonchasi tashqarisida toʻp bilan oʻynaganligi uchun qizil kartochka oldi[7]. Murabbiy Dale Mitchell allaqachon uchta almashtirishni amalga oshirganligi sababli, oʻyinning soʻnggi oʻn besh daqiqasida darvozabon oʻrnini Beaulieu-Bourgault egalladi. U bir nechta ajoyib seyvlarni amalga oshirdi va oʻyinning qolgan qismida kanadalik muxlislar tomonidan olqishlarga sazovor boʻldi. Uchrashuv 2:0 hisobida Kongo foydasiga hal boʻldi, ikkala golni ham Begovic oʻtkazib yuborgan edi.

2009-yil 11-noyabrda u Kanadaga birinchi marta chaqiruv olgan. 2009-yil 14-noyabrda Makedoniyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida zaxira tarkibiga kiritilib, oʻyinida debyut qildi[8]

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jonathan ingliz, fransuz va nemis tillarida bemalol gapira oladi. 

  1. „FIFA U-20 World Cup Canada 2007 – List of Players“. FIFA (5-iyul 2007-yil). 31-dekabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  2. 2,0 2,1 Jonathan Beaulieu-Bourgault WorldFootball.net saytida
  3. „Der Aufsteiger von der Jade: SV Wilhelmshaven“ (olmoncha). NDR.de.
  4. „Bourgault zu den Preußen“ (olmoncha). kicker.de (21-iyun 2010-yil). Qaraldi: 6-yanvar 2012-yil.
  5. „Beaulieu Bourgault, un jeune pilier“ (fransuzcha). rds.ca (26-iyun 2007-yil). Qaraldi: 6-yanvar 2012-yil.
  6. „Beating Brazil thrill of a lifetime for defender Beaulieu-Bourgault“. canada.com (7-iyun 2006-yil). 2012-yil 29-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-yanvar 2012-yil.
  7. „Jonathan Bourgault, un nom à retenir“ (fransuzcha). canoe.com (26-iyun 2007-yil). Qaraldi: 6-yanvar 2012-yil.
  8. „Canada vs Macedonia match report“. 2010-yil 2-martda asl nusxadan arxivlangan.