Jondor (shaharcha)
Qiyofa
Jondor | |
---|---|
shahar | |
39°44′0″N 64°11′0″E / 39.73333°N 64.18333°E | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
viloyat | Buxoro viloyati |
tuman | Jondor tumani |
Aholisi | 8 700 |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
|
Jondor — Oʻzbekiston Respublikasi Buxoro viloyatidagi shaharcha. 1981-yildan - Jondor tumanining markazi. Buxoro vohasining janubiy-gʻarbida, qadimiy Zarafshon oʻzanining oʻng sohilida joylashgan. Aholisi 8,7 ming kishi (2001). Plastmassa, vino, konserva, sut, non zavodlari ishlab turibdi. "Xadan" (Oʻzbekiston-Xitoy) qoʻshma korxonasi faoliyat koʻrsatadi. Jondordan xalqaro ahamiyatga molik Buxoro — Turkmanobod (Chorjoʻy) avtomagistrali oʻtgan. Jondor— Buxoro, Jondor—Qorakoʻl yoʻnalishlarida avtobuslar qatnaydi. Jondorda 2 umumiy taʼlim maktabi, 2 iqtidorli bolalar litseyi, internat maktabi, 2 kutubxona, jamoatchilik muzeyi, markaziy kasalxona mavjud. Jondorda 1941—45 yillardagi urush qatnashchilariga yangi majmua barpo etilgan (2001).[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |