Jonlantirish (adabiyot)
Jonlantirish (adabiyotda) - istiora turlaridan biri, odamlarga xos sifatlarni jonsiz hodisa va buyumlarga koʻchirish. J. inson tafakkuri bilan bogʻliq. Inson voqelikdagi narsa va hodisalarni qiyoslash, oʻxshatishlar, boʻrttirishlar orqali jonliroq va aniqroq tasavvur qilishga, aniq, ilmiy tafakkur qilish bilan birga badiiy fikrlashga ham intiladi. Shuning uchun J. faqat badiiy asarlarda emas, jonli tilda ham uchraydi: "dengiz hayqiradi", "daraxt yigʻlaydi" va b. J. oʻzbek adabiyoti tarixida 2 xil koʻrinishda namoyon boʻlgan: tashhis (shaxs bilan bogʻliq) — shaxsga xos sifatlarni jonsiz narsalar va hodisalarga berish: intoq (nutq bilan bogʻliq) — narsa va hodisalarni nutq egasi qilib koʻrsatish. J. ertak va masallarda, shuningdek, munozaralarda keng qoʻllanadi. Masalan, Gulxaniyning "Zarbulmasal"ida, Solohiyning "Gulbulbul"ida, Majlisiyning "Qissai Sayfulmuluk" asarlarida J.ning har ikki turi koʻp uchraydi. Hoz. oʻzbek adabiyotida ham J.ning ajoyib namunalari mavjud.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |