Jordi Codina
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Jordi Codina Rodríguez | ||
Tavallud sanasi | 27-aprel 1982-yil | ||
Tavallud joyi | Barselona, Ispaniya | ||
Boʻyi | 1.89 m | ||
Ampluasi | darvozabon | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
1998—2000 | Damm | ||
2000—2002 | Espanyol | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2002—2007 | Real Madrid B | 79 | (0) |
2007—2009 | Real Madrid | 1 | (0) |
2009—2015 | Getafe | 68 | (0) |
2015—2016 | APOEL | 0 | (0) |
2016 | → Pafos (ijara) | 16 | (0) |
2016—2017 | Reus | 0 | (0) |
2017—2018 | Fuenlabrada | 13 | (0) |
2018 | Móstoles | 6 | (0) |
Milliy terma jamoa | |||
2008— | Catalonia milliy futbol terma jamoasi | 4 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Jordi Codina Rodriguez (talaffuzi: Xordi Kodina Rodriges) (1982-yil 27-aprelda tugʻilgan) — ispaniyalik professional futbolchi. Jordi Rodriguez faoliyati davomida darvozabon sifatida oʻynagan.
Klublardagi oʻyin faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kataloniyaning Barselona shahrida tugʻilgan Jordi Rodriguez „Real Madrid“ klubiga 2002-yilda 20 yoshida qoʻshilgan. Bu vaqtgacha Jodi Codina mahalliy „Espanyol“ RCD yoshlar tizimida tarbiyalangan.Jodi Codina professional foliyatidagi debyut oʻyinini ikkinchi divizionda 2005—2006-yilgi mavsumda „Sporting de Gijón“ klubiga qarshi oʻyinda oʻtkazdi[1].
2007—2008-yilgi mavsum boshida Jodi Codina „Real Madrid“ klubining asosiy tarkibiga Iker Casillas va Jerzy Dudekdan keyin uchinchi oʻrindagi darvozabon sifatida koʻtarildi. Jodi Codina 2008-yilning 18-mayida „Levante UD“ klubiga qarshi „Real Madrid“ klubi oʻz uyida 5:2 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda toʻliq 90 daqiqa oʻynab, klub safidagi ilk va yagona rasmiy oʻyinini oʻtkazdi[2].
2009-yil 2-iyulda Jodi Codina Madriddagi La Liga jamoasi „Getafe“ klubi bilan uch yillik shartnoma imzoladi[3]. Oʻzining debyut mavsumida va keyingi mavsumda Jodi Codina doimo argentinalik Oskar Ustari bilan birinchi raqamli darvozabon maqomi uchun kurashdi[4].
Jodi Codina 2015-yil iyun oyida shartnoma muddati tuganidan soʻng klub bilan xayrlashdi[5]. Shundan soʻng, Jodi Codina Kiprning „APOEL“ futbol klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. 2016-yilning 7-yanvarida, birorta ham raqobatbardosh oʻyinlarda qatnasha olmaganidan soʻng, Jodi Codina birinchi diviziondagi „Pafos FC“ klubi tarkibiga olti oylik ijara asosida qoʻshildi.
2016-yilning 16-iyulida Jodi Codina oʻzaro kelishuv asosida „APOEL“ klubi bilan aloqalarini uzdi. Koʻp oʻtmay, Jodi Codina „CF Reus Deportiu“ klubi bilan bir yillik shartnomaga rozi boʻlgach, Ispaniyaga qaytib keldi.
Keyinchalik, Jodi Codina oʻz mamlakatining quyi ligalarida, „CF Fuenlabrada“ klubi[6] va „CD Móstoles URJC“ klublari bilan faoliyatini davom ettirdi[7].
Faoliyat statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub | Mavsum | Liga | Kubuk | Mintaqa | Boshqa | Umumiy | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Division | Oʻyin | Gollar | Oʻyin | Gollar | Oʻyin | Gollar | Oʻyin | Gollar | Oʻyin | Gollar | ||
Real Madrid B | 2002—2003[8] | B divizion | 13 | 0 | — | — | — | 13 | 0 | |||
2003—2004[8] | B divizion | 15 | 0 | — | — | — | 15 | 0 | ||||
2004—2005[8] | B divizion | 6 | 0 | — | — | 1 | 0 | 7 | 0 | |||
2005—2006[8] | B divizion | 10 | 0 | — | — | — | 10 | 0 | ||||
2006—2007[8] | B divizion | 35 | 0 | — | — | — | 35 | 0 | ||||
Umumiy | 79 | 0 | — | — | 1 | 0 | 80 | 0 | ||||
Real Madrid | 2005—2006[8] | La Liga | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | — | 0 | 0 | |
2007—2008[8] | La Liga | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 | |
2008—2009[8] | La Liga | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | |
Umumiy | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 | ||
Getafe | 2009—2010[8] | La Liga | 22 | 0 | 3 | 0 | — | — | 25 | 0 | ||
2010—2011[8] | La Liga | 23 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 | — | 24 | 0 | ||
2011—2012[8] | La Liga | 2 | 0 | 2 | 0 | — | — | 4 | 0 | |||
2012—2013[8] | La Liga | 7 | 0 | 2 | 0 | — | — | 9 | 0 | |||
2013—2014[8] | La Liga | 9 | 0 | 4 | 0 | — | — | 13 | 0 | |||
2014—2015[9] | La Liga | 5 | 0 | 3 | 0 | — | — | 8 | 0 | |||
Umumiy | 68 | 0 | 14 | 0 | 1 | 0 | — | 83 | 0 | |||
APOEL | 2015—2016[9] | Kipr birinchi divizioni | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 |
Pafos (ijara) | 2015—2016[9] | Kipr birinchi divizioni | 16 | 0 | 2 | 0 | — | — | 18 | 0 | ||
Reus | 2016—2017[8] | B divizion | 0 | 0 | 1 | 0 | — | — | 1 | 0 | ||
Fuenlabrada | 2017—2018[8] | B divizion | 10 | 0 | 3 | 0 | — | — | 13 | 0 | ||
Umumiy | 174 | 0 | 20 | 0 | 1 | 0 | 1 | 0 | 196 | 0 |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Balderas. „La última plantilla que descendió con el Castilla. ¿Qué fue de ellos?“ (ispancha). Vavel (26-noyabr 2013-yil). Qaraldi: 20-yanvar 2020-yil.
- ↑ Real Madrid 5-2 Levante (Wayback Machine saytida 21-iyun 2018-yil sanasida arxivlangan); ESPN Soccernet, 18 May 2008
- ↑ El Getafe llega a un acuerdo con el Real Madrid por Codina (Getafe reach agreement with Real Madrid for Codina); Marca, 29 June 2009 (in Spanish)
- ↑ Getafe: „Este año Ustari y yo hemos estado mejor“, indica Codina (Getafe: „This year Ustari and i performed better“, Codina notes); Goal, 17 February 2011 (in Spanish)
- ↑ Os deseamos lo mejor (We wish you the best) (Wayback Machine saytida 2020-11-28 sanasida arxivlangan); Getafe CF, 3 June 2015 (in Spanish)
- ↑ „El Fuenlabrada ficha a Jordi Codina para su portería“ (ispancha). ABC (7-iyul 2017-yil). Qaraldi: 16-aprel 2019-yil.
- ↑ „217 partidos en Primera después, Codina busca nuevos retos“ (ispancha). Be Soccer (30-dekabr 2018-yil). Qaraldi: 4-fevral 2019-yil.
- ↑ 8,00 8,01 8,02 8,03 8,04 8,05 8,06 8,07 8,08 8,09 8,10 8,11 8,12 8,13 8,14 „Codina: Jordi Codina Rodríguez“. BDFutbol. Qaraldi: 16-may 2015-yil.
- ↑ 9,0 9,1 9,2 „Codina“. Soccerway. Qaraldi: 16-iyun 2015-yil.