Kontent qismiga oʻtish

Jorge Afonso

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Jorge Afonso tomonidan chizilgan sanʼat asari (tax. 1515-yil): Iso oʻzining eng birinchi izdoshlaridan biri Mariya yoniga tashrif buyurishi, Lissabondagi Madre de Deus cherkovining asosiy qurbongohi (hozirgi Antik san'at milliy muzeyi)

Jorge Afonso (talaffuzi: Xorxe Afonso; tax: 1470-yil — 1540-yil) — Portugaliya Uygʻonish davrining muhim rassomlaridan biri. Jorge Afonso 1508-yilda qirol Manuel I hamda 1529-yilda qirol John III tomonidan qirollik rassomi lavozimiga tayinlangan. U umrining asosiy qismini Lissabonda joylashgan Igreja de São Domingos yaqinidagi ustaxonada oʻtkazgan. Ustaxonasida portugal rassomlarining butun avlodi taʼlim olgan, jumladan Cristóvão de Figueiredo, Garcia Fernandes, Gregório Lopes, Jorge Leal va boshqalar[1][2].

  1. Disney, p. 169.
  2. Antunes et al. 2018.