Kontent qismiga oʻtish

Joso

Koordinatalari: 36°1′24.8″N 139°59′37.8″E / 36.023556°N 139.993833°E / 36.023556; 139.993833
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Joso
常総市
shahar
Skyline of Joso 常総市
Joso 常総市
Bayroq
Joso 常総市
Gerb
36°1′24.8″N 139°59′37.8″E / 36.023556°N 139.993833°E / 36.023556; 139.993833
Mamlakat Yaponiya
Prefektura Ibaraki
Maydon 123.64 km2 (47.74 kv mi)
Iqlim turi nam kontinental
Rasmiy til(lar)i yapon
Aholisi
 (2020)
59 314 kishi
Etnoxoronim josolik
Vaqt mintaqasi UTC+9
Telefon kodi 0297-23-2111
Joso 常総市 xaritada
Joso 常総市
Joso
常総市
Joso 常総市 xaritada
Joso 常総市
Joso
常総市
Joso shahar mintaqaviy almashinuv markazi

Joso (yaponcha: 常総市 Jōsō-shi?) Yaponiyaning Ibaraki prefekturasidagi shahar. 2020-yil, 1-oktyabr holatiga koʻra, shaharning 21,168 xonadonida 59,314 aholi yashaydi va shaharning har 1 km² maydoniga 480 kishi toʻgʻri keladi. 65 yoshdan oshganlar aholining 38.8 % ini tashkil etadi[1]. Shahar 123.64 km² maydonga ega. Shaharda Braziliyadan kelgan koʻp sonli aholi yashaydi.

Joso Ibaraki prefekturasining janubi-gʻarbiy qismida, Tokio markazidan taxminan 50 km shimolda va prefektura markazi Mito shahridan 70 km uzoqlikda joylashgan. Shaharning katta qismi tekis, dengiz sathidan oʻrtacha 10-20 metr balandlikda joylashgan. Shahar boʻylab Kinugava daryosi oqib oʻtadi.

Atrofdagi munitsipalitetlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ibaraki prefekturasi

Chiba prefekturasi

  • Noda

Joso nam kontinental iqlimga ega (Köppen Cfa), yozi issiq, qishi esa yengil qor yogʻishi bilan ajralib turadi. Joso shahrida oʻrtacha yillik harorat 14,2 °C. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1302 mm, yilning eng nam oyi sentyabr hisoblanadi. Eng yuqori harorat avgustda 26,2 °C atrofida, eng past harorat esa yanvarda boʻlib, 3,1 °C ni tashkil etadi[2].

Demografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra,[3] Joso aholisi 200-yilda eng yuqori choʻqqiga chiqdi va shundan beri bir oz kamaydi.

Aholining oʻsishi
YilAholi±%
195062,874—    
196056,881−9.5%
197055,152−3.0%
198060,809+10.3%
199064,344+5.8%
200066,245+3.0%
201065,32−1.4%
202060,834−6.9%

Edo davrida hudud Shimosa provinsiyasining bir qismi boʻlgan va Mitsukaido qishlogʻi Kinugava daryosida daryo transporti markazi sifatida rivojlanib borgan. Mitsukaido shahri Toyoda tumanida 1889-yil 1-aprelda zamonaviy munitsipalitetlar tizimini yaratish bilan tashkil etilgan. Hudud 1894-yilda Yuki tumaniga oʻtkazildi. Mitsukaido 1954-yil 10-iyulda Sugavara, Ohanava, Mitsuma, Goka, Ono va Sakate qishloqlari bilan birlashdi va shahar maqomiga koʻtarildi. Shahar 1956-yil 1-aprelda Sugao va Uchimoriya qishloqlarini qoʻshib oldi.

2006-yil 1-yanvarda Mitsukaido qoʻshni Ibaraki, Yuki tumanidagi Ishige shahrini oʻzlashtirdi va rasman oʻz nomini Joso deb oʻzgartirdi. 2015-yil sentabr oyida kuchli yomgʻir tufayli Kinugava daryosining toshqinidan hudud katta zarar koʻrdi.

Joso toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan mer va 22 aʼzodan iborat bir palatali shahar kengashiga ega boʻlgan mer-kengash boshqaruv shakliga ega. Joso qoʻshni Yachiyo bilan birgalikda Ibaraki prefekturasi assambleyasiga ikki aʼzodan hissa qoʻshadi. Milliy siyosat nuqtai nazaridan, shahar Yaponiya Diet quyi palatasining Ibaraki 7-okrugi tarkibiga kiradi.

Joso aralash iqtisodiyotga ega, uchta yirik sanoat parki mavjud; ammo shahar hududining 50 % ni qishloq xoʻjaligi yerlari tashkil etadi.

Joso shahrida 14 ta davlat boshlangʻich maktabi va shahar hukumati tomonidan boshqariladigan beshta davlat oʻrta maktabi va Ibaraki prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan uchta davlat oʻrta maktabi mavjud.

Bundan tashqari, ikkita Braziliya maktabi mavjud boʻlib, ular: Escola e Creche Grupo Opção va Escola Taiyo[4]. Yana bitta Braziliya boshlangʻich maktabi (UBEK — Unidade Brasileira de Ensino Kanto) esa yaqinda yopildi[5].

Kanto temir yoʻli Joso liniyasi

  • Mitsukaido — Kita-Mitsukaido — Nakatsuma — Mitsuma — Minami-Ishige — Ishige — Tamamura

Magistral yoʻl

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Ken-O tezyurar yoʻlii
  • 294-milliy yoʻnalish
  • 354-milliy yoʻnalish

Josolik taniqli shaxslar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Michiko Hada, aktrisa
  • Yuko Matsuoka, komediyachi
  • Takayuki Okada, professional mototsikl poygachisi
  • Keydzi Suzuki, dzyudochi
sport
Keydzi Suzuki yapon chempionatlaridan birida
  • Takashi Ono, dzyudochi
  • Kazuhiko Hosokava, professional golfchi
  • Tomi Okava, stol tennischisi
  • Takashi Nagatsuka, yozuvchi, shoir
  • Akira Kazami, siyosatchi
    yapon
    Akira Kazami (1886–1961)
  • Atsushi Koyano, zamonaviy adabiyotshunos olim
  1. „Ibaraki prefectural official statistics“ (yaponcha).
  2. Jōsō climate data
  3. Jōsō population statistics
  4. "Escolas Brasileiras Homologadas no Japão" (Archive). Embassy of Brazil in Tokyo. Retrieved on October 13, 2015.
  5. "Escolas Brasileiras Homologadas no Japão" (). Embassy of Brazil in Tokyo. February 7, 2008. Retrieved on October 13, 2015.