Kontent qismiga oʻtish

Juft chatishtirish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Juft chatishtirish — otaona oʻsimlik oʻrtasida bir marta oʻtkaziladigan chatishtirish; seleksiya usuli, oddiy chatishtirishning bir xili. J. ch. yoʻli bilan olingan duragaylar populyasiyasida yangi nusxalar paydo boʻlish jarayoni murtakka bir juft ota-onadan teng miqdorda oʻtgan irsiy materiallarning qayta juftlanishi asosida boradi. Retsiprok chatishtirish ham J. ch.ning bir xili. Bu usul oʻsimliklar seleksiyasida keng qoʻllanadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil