Jujhar Khaira

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jujhar Khaira
Khaira Bakersfield Condors klubida
Tugʻilgan joyi 13-avgust 1994-yil (1994-08-13) (29 yosh)
Surrey, Britaniya Kolumbiyasi, Kanada
Boʻyi 6 ft 4 in (193 cm)
Ogʻirligi 212 lb (96 kg; 15 st 2 lb)
Pozitsiyasi hujumchi
NHL
Sobiq jamoalar
Chicago Blackhawks
Edmonton Oilers
NHLga kirish drafti 63-oʻrindagi tanlov, 2012
Edmonton Oilers
Jamoalardagi faoliyat 2014—hozirgacha

Jujhar Khaira (talaffuzi: Jujhar Xayra) (1994-yil 13-avgustda tugʻilgan) — kanadalik professional xokkeychi. Jujhar Khaira hozirda Milliy xokkey ligasi (NHL) vakili „Chicago Blackhawks“ xokkey jamoasida oʻynamoqda.

Oʻyin faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Khaira dastlab, „Prince George Spruce Kings“ xokkey klubi bilan faoliyatini boshladi. Jujhar Khaira klub safida Britaniya Kolumbiyasi xokkey ligasida ikki mavsum oʻynaganidan soʻng, „Edmonton Oilers“ xokkey klubi safiga qoʻshilishga qaror qildi[1].

2013-yil 7-avgustda Jujhar Khaira „Edmonton Oilers“ xokkey klubi bilan uch yillik boshlangʻich darajadagi shartnoma imzoladi[2]. Keyingi 2013—2014-yilgi mavsumda Jujhar Khaira oʻzining professional debyut oʻyinini „Edmonton Oilers“ xokkey klubining AHL filiali „Oklahoma City Barons“ xokkey klubi bilan oʻtkazdi[3].

Keyingi mavsumda Jujhar Khaira „Edmonton Oilers“ klubining AHL filiali „Bakersfield Condors“ xokkey klubi safiga qoʻshildi[3]. Jujhar Khaira 2015-yil 26-noyabrda „Edmonton Oilers“ xokkey jamoasiga chaqirildi va 2015-yil 28-noyabrda „Pittsburgh Penguins“ klubiga qarshi birinchi NHL o‘yinini o‘tkazdi[4][5]. Bu Jujhar Khairani Robin Bawa va Manny Malhotradan keyin NHLda oʻynagan panjoblik -hindistonlik uchinchi xokkeychiga aylantirdi[6][7].

2020—2021-yilgi mavsumdan soʻng, Jujhar Khaira „Edmonton Oilers“ xokkey klubini tark etdi[8].

2021-yil 28-iyul kuni Jujhar Khaira „Chicago Blackhawks“ xokkey klubi bilan ikki yillik 1,95 million dollarlik shartnoma tuzdi[9]. Uning klubdagi birinchi mavsumi jarohatlar bilan oʻtdi. Jujhar Khaira mavsumni „Chicago Blackhawks“ klubi safida 27 ta oʻyinda maydonga tushib, uchta gol urgan holda yakunladi[10].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muntazam mavsum Pley-off oʻyinlari
Mavsum Klub Liga Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti
2010—2011 Prince George Spruce Kings BCHL 58 10 32 42 21
2011—2012 Prince George Spruce Kings BCHL 54 29 50 79 69 4 0 2 2 2
2012—2013 Michigan Tech WCHA 37 6 19 25 49
2013—2014 Everett Silvertips WHL 59 16 27 43 59 5 3 1 4 8
2013—2014 Oklahoma City Barons AHL 6 0 0 0 2 3 1 0 1 0
2014—2015 Oklahoma City Barons AHL 51 4 6 10 62 8 3 1 4 4
2015—2016 Bakersfield Condors AHL 49 10 17 27 69
2015—2016 Edmonton Oilers NHL 15 0 2 2 13
2016—2017 Bakersfield Condors AHL 27 8 12 20 31
2016—2017 Edmonton Oilers NHL 10 1 0 1 2
2017—2018 Edmonton Oilers NHL 69 11 10 21 47
2018—2019 Edmonton Oilers NHL 60 3 15 18 43
2019—2020 Edmonton Oilers NHL 64 6 4 10 38 4 0 0 0 2
2020—2021 Edmonton Oilers NHL 40 3 8 11 42 4 1 0 1 6
2021—2022 Chicago Blackhawks NHL 27 3 0 3 13
NHL jami 285 27 39 66 198 8 1 0 1 8

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Bulldogs defenceman Hyland commits to michigan tech“. BCHL.ca. Alberni Valley Bulldogs (2011-yil 4-noyabr). — „Hyland is the third current BCHL player to commit to Michigan Tech along with Jujhar Khaira and Alex Petan.“. Qaraldi: 2017-yil 19-dekabr.
  2. edmontonoilers.com staff. „Oilers agree to terms with Jujhar Khaira“. Edmonton Oilers (2013-yil 7-avgust). Qaraldi: 2013-yil 7-avgust.
  3. 3,0 3,1 Wescott. „Khaira a good sign of Oilers development“. NHL.com. Edmonton Oilers (2015-yil 5-dekabr). Qaraldi: 2017-yil 19-dekabr. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "development" defined multiple times with different content
  4. Matheson, Jim. „Oilers Nail Yakupov out two to four weeks with sprained ankle“. Edmonton Journal (2015-yil 26-noyabr). Qaraldi: 2015-yil 26-noyabr.
  5. Staples. „Edmonton Oilers next best bet at Bakersfield: JJ Khaira“. Edmonton Journal (2015-yil 31-oktyabr). Qaraldi: 2015-yil 27-noyabr.
  6. Wyshynski, Greg. „Jujhar Khaira becomes just 3rd ever Punjabi player in NHL history“. Puck Daddy (2015-yil 28-noyabr). Qaraldi: 2015-yil 30-noyabr.
  7. Clinton. „Oilers' Jujhar Khaira aiming to become third Punjabi player to suit up in NHL“. The Hockey News (2015-yil 27-noyabr). Qaraldi: 2015-yil 30-noyabr.
  8. „Oilers issue qualifying offers to four players“. Edmonton Oilers (2021-yil 26-iyul). Qaraldi: 2021-yil 26-iyul.
  9. „Blackhawks agree to terms with Jujhar Khaira“. Chicago Blackhawks (2021-yil 28-iyul). Qaraldi: 2021-yil 28-iyul.
  10. Pope, Ben. „Blackhawks' Jujhar Khaira likely out for season after back surgery“. Chicago Sun-Times (2022-yil 23-fevral). Qaraldi: 2022-yil 23-fevral.