Julaytov
Qiyofa
Julaytov — Qurama togʻlarining jan.-sharqiy qismidagi togʻ. Sarvaksoy bilan Chodaksoy oraligʻida, Qurama tizmasining suvayirgʻich qismidan boshlanadi va togʻ etagi adirlarga tutashadi. Eng baland joyi 2645 m. Gersin burmalanishi davrida koʻtarilgan. Suvayirgʻich qismida granit va granodioritlardan, qolgan qismi porfirtuf jinslaridan tuzilgan. Koʻpgina tektonik uzilmalar uchraydi. Siyrak archazor va butalar bilan qoplangan. J.da Qoramozor rudali havza joylashgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |