Kontent qismiga oʻtish

Juma namozi

Bu maqolani tinglang
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Ey, imon keltirganlar,
qachonki, juma kunidagi
namozga (azon) chaqirilsa,
darhol Allohning zikri sari
harakatga tushingizlar va
savdo-sotiqni tark qilingizlar!
Agar biladigan boʻlsangizlar,
mana shu (ish) oʻzlaringiz
uchun yaxshidir.
Malayziyadagi universitetda Juma namozi

Juma namozi (arabcha: صَلَاة ٱلْجُمُعَة, Ṣalāt al-Jumuʿah) — Musulmonlarning umumiy namozi. Juma kuni masjidlarda peshin namozi vaqtida oʻqiladi. Juma namozi erkin, voyaga yetgan erkaklarga farzdir. Juma namozi ikki rakat farz boʻlib, undan oldin va keyin toʻrt rakat sunnat oʻqiladi. Ilk va oxirgi sunnatlar peshin namozining sunnatlari kabi oʻqiladi. Imomga iqtido qilib oʻqiladigan ikki rakat farz esa, bomdod namozining farzi kabi oʻqiladi. Ayollar, bolalar va jismoniy zaif kishilar uchun juma namozi shart emas. Ayrim zamonaviy hanafiy ilohiyotshunoslari keksa ayollarning jamoaviy namozga borishini nomaqbul deb hisoblaydilar. Musulmonlarga juma namozini uzrsiz sababsiz tark etish taqiqlangan. Tabiiy ofatlar (qattiq ayoz, qor koʻchkisi xavfi, kuchli yomgʻir va hokazo) yuz berganda juma namozi ixtiyoriy holga keladi. Namozdan oldin musulmon toʻliq tahorat olib, tirnoqlarini kesib, toza, bayramona kiyim kiyishi tavsiya etiladi. Bundan tashqari, mushk sepish tavsiya etiladi. Masjidga kirishdan oldin sarimsoq, piyoz va boshqa oʻtkir hidli yeguliklarni isteʼmol qilish taqiqlanadi. Namozdan oldin ikkinchi azon aytiladi va xutba oʻqiladi. Xutba ikki qismdan iborat. Xutbaning bu qismlari orasida imomning qisqa vaqt oʻtirishi maqsadga muvofiqdir. Xutbadan keyin namozxonlar imomdan keyin ikki rakat namoz oʻqiydilar. Juma namozining oʻqilishi peshin namozini oʻqishdan xalos qiladi. Masjidga kechikib kelish mumkin emas. Eng oxirgi kelgan kishi boshqa dindorlarni bosib oʻtmasligi, qator oralarida yurmasligi va boshqalarni bezovta qilib, oldingi qatorlardan joy olishga harakat qilmasligi kerak. Imom xutba oʻqish uchun minbarga chiqqan bir paytda gaplashib, boshqa odamlarni chalgʻitib boʻlmaydi.[1].

  1. arxiv nusxasi, 2017-05-15da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2017-05-29
Ushbu maqolani tinglang (3 daqiqa)
noicon
Spoken Wikipedia icon
Bu audiofayl ushbu maqolaning 9-avgust, 2022-yil(2022-08-09) sanasidagi versiyasi asosida yaratilgan boʻlib, shu sanadan keyin amalga oshirilgan tahrirlarni aks ettirmaydi.