Jumaniyoz Qobulniyozov
Jumaniyoz Qobulniyozov (1919-yil, 21-dekabr Urganch — 1974-yil 18-yanvar, Oʻzbekiston SSR) — Til va adabiyot instituti katta ilmiy xodimi. A.S.Pushkin nomidagi Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasi, filologiya fanlari doktori, Oʻzbekiston SSR partiyasi yetakchisi.
Tarjimai hol
[tahrir | manbasini tahrirlash]J.Qobulniyozov 1919-yil 21-dekabrda Urganch shahrida hunarmand oilasida dunyoga keladi. 1940-yilda Qizil Armiya safida xizmat qilib, Sovet-Fin jangida qatnashadi va ogʻir yaralanadi. Sogʻaygach, bir qancha muassasalarda ishladi. 1949-yilda Qobulniyozov Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutining adabiyot fakultetiga oʻqishga kiradi. Pedagogika institutini tamomlagach, M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining aspiranturasida tahsil oldi[1].
1957-yilda aspiranturani tugatgach, Qobulniyozov Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutining folklor sektorida ish boshladi. Bu dargohda u kichik ilmiy xodimdan filologiya fanlari doktori darajasiga yetishdi[1].
1959-yilda J.Qobulniyozov “Oʻzbek sovet folklorining shakllanishida oʻzbek xalq epik ijodining oʻrni” mavzusida nomzodlik dissertasiyasini himoya qildi. Shuningdek, “Sayodxon va Hamro”, “Oshiq Maxdum”, “Avazxon”, “Bozirgon” xalq dostonlari, shuningdek, “Xorazm xalq qushiqlari” toʻplamini ilmiy-tanqidiy jihatdan sharhlab nashr ettirdi. Qobulniyozov tomonidan nashr etilgan folklor materiallarining aksariyati ilk marta ilmiy muomalaga kiritildi[1].
J.Qobulniyozov ogʻir xastalikdan soʻng 1974-yil 18-yanvarda bu yorugʻ olamni tark etdi[1].
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Джуманияз Кабулниязов (1919—1974) // Общественные науки в Узбекистане. — 1974. — № 3.