Jundor maymunlar
Jundor maymunlar (Zagothrix) — ilmoq dumli maymunlar urugʻi. Tanasining uz. 39—58 sm, dumi 56—73 sm. Tanasi miqti, oldingi oyogʻi keyingisiga nisbatan birmuncha kalta, panjasining bosh barmogʻi yaxshi rivojlangan. Juni kalta va qalin, sargʻish yoki toʻq qoʻngʻir rangli, boshida qoramtirroq, qornida — ochiqroq tusda. Boshi nisbatan katta, yuzi junsiz, deyarli qora. 2 turi: sarikdum jundor maymun (Z. fl avicauda) va gumboldt jundor maymun (Z. lagothricha) maʼlum. Amazonka vodiysi oʻrmonlarida tarqalgan. Daraxtda yashaydi, yerga ham tez-tez tushib turadi. Oldingi oyoklari yordamida daraxtga osilib olib harakat qiladi. 15 — 20 hayvondan iborat guruh boʻlib yashaydi. Mevalar va barglar bilan oziqlanadi. Homiladorlik davri 225 sutkaga yaqin. Bitta bola tugʻadi. [1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |