Kontent qismiga oʻtish

Jungʻariya tekisligi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Jungʻariyadan yoʻnaltirildi)

Jungʻariya tekisligi, Jungʻariya botigʻi, Jungʻariya — Xitoyning shimoli-gʻarbidagi tabiiy viloyat. Mayd. 700 ming km² chamasida, oʻrta-cha bal. 600—800 m. Shimolida Mongoliya Oltoyi, janubida Sharqiy Tyanshan togʻ tizmalari bilan chegaralangan. J. t. yangi tektonik choʻkish natijasida qosil boʻlib, qad. va yangi yumshoq yotqiziklar bilan qoplangan. Ular orasida neftning katta zaxiralari, toshkoʻmir, oltin, rangli metall konlari bor. J. t.ning yer yuzasi past togʻlar va tepaliklardan, togʻ etaklarida oʻsimliksiz tosh-loq yerlardan, quyiroqsa grunt suvlari yuzaroq yerlarda voha va shoʻrxoklardan iborat. Markaziy qismida katta yerlarni choʻllar egallagan. Iqlimi moʻʼtadil kontinental, yozi quruq, issiq, qishi sovuq. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —20° dan —25° gacha, iyulniki 20—25°. Tez-tez kuchli shamol esadi. Yillik yogʻin 150—200 mm, togʻlarda 800 mm gacha. Daryo kam. Daryolar J. t.ning chekka qismlaridagi vohalardan oʻtgach qumga singib tugaydi. Eng yirik daryolari: Manas, Urungu; shimolida Ir-tishning yuqori oqimi. Gʻarbida bir necha yirik koʻl (Ebi-Nur, Manas, Ulungʻur) bor. Oʻsimliklari siyrak: saksovul, yulgʻun, juzgʻun, shuvoq, shoʻrxokli choʻllarda shoʻra, choʻl botiqlarida qiyoq va qamish oʻsadi. Yaylov chorvachiligi rivojlangan. Sugʻoriladigan joylarda bugʻdoy, tariq, paxta, gaolyan (joʻxorining bir turi) yetishtiriladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil