Kontent qismiga oʻtish

Junshi Urita

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Junshi Urita
Tavalludi 1979-yil, 4-dekabrd
Fuqaroligi Yaponiya
Kasbi Sobiqa Yakuza a'zosi, yozuvchi, tv persona
Faoliyat yillari 1996 ~ 2007
Turmush oʻrtogʻi Reiko
Otasi Yoshiharu Urita

Junshi Urita(Yaponcha: "瓜田純士") Yaponiyalik sobiq yakuza a'zosi, bugungi kunda yozuvchi, tv persona va aralash jang san'atlari (MMA) jangchisi sifatida tanilgan shaxsdir. Junshi yoshligidan juda qiyin hayotni boshdan kechirgan. O`smirlik davrida u yomon xulqi tufayli bir necha marta maktabdan haydaldi va oxir-oqibat maktabni tark etgan va 17 yoshida u yakuza guruhiga qo'shilgan. Yakuza tarkibida Tokio shahridagi bir qancha yirik jinoyat guruhlari bilan aloqada turli ishlar bilan shug'ullandi. Keyinchalik esa yakuza tarkibidan chiqib yozuvchilikni boshladi.

Shaxiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Junshi Urita Tokio shahrining Shinjuku hududidagi qizil yog'duli mavze sanalgan Kabukichoda joylashgan gul do'konida tug'ilgan. Uning otasi Yoshiharu Urita Qora Imperator(uyushgan guruh)ning ikkinchi rahbari bo'lgan, onasi esa oddiy ishchi bo'lgan.

Maktabni boshlang'ich sinfda o'qib yurgan yillaridanoq Junshi o'zining bezoriligi bilan nom chiqargan. O`rta maktabda o'qib yurgan davrida yomon xulq-atvori sabab uning o'qishi Shinjuku o'rta-maxsus maktabidan, Suginami o'rta-maxsus maktabiga ko'chirilgan. U yerda Junshi boshqa keyinchalik Yakuza a'zosiga aylangan boshqa bir bezori Shige Matsushima bilan do'stlashgan. O`rta maktabni tamomlagan Junshi biroz vaqt qurilishda oddiy ishchi bo'lib ishlaydi, lekin sobiq maktab davrida orttirgan dushmanlari boshqa turli uyushgan guruhlarga qo'shilib, undan qasd olish uchun ortidan tushadi. Shu sabab Junshi 17-yoshga to'lganda "Ninkyo-do" yakuza guruhiga qo`shilishga qaror qiladi.

Yakuzaga a'zoligi va chiqishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]




Aralash Jang San'ati

[tahrir | manbasini tahrirlash]