Kontent qismiga oʻtish

Jurayriy

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Abu Muhammad Ahmad bin Muhammad Jurayriy (vaf. 312 h.q./924–925 m.) – “Nasoyim ul-muhabbat”da tilga olingan tasavvuf shayxi. Junayd Bagʻdodiy vafotidan keyin tariqat shayxi boʻlgan. Usul ul-fiqh va hadis ilmida peshqadam olim hisoblangan. Olim bin Saʼd, Abulabbos Dinavariy, Sahl bin Abdulloh Tustariy bilan suhbatda boʻlgan. Tasavvufning asosini goʻzal axloqda, deb bilgan. Abu Nasr Sarroj Jurayriy hatto yolgʻiz qolganida ham Xudodan uyalib, oyogʻini uzatib oʻtirmagan, deydi. Jomiyning maʼlumotga koʻra, 100 yoshga kirganiga qaramay, qarmatiylarga qarshi urushda qatnashib, halok boʻlgan. “Nasoyim ul-muhabbat”ning nashrlarida Jurayriyning nisbasi “Juririy” shaklida berilgan[1][2].

  1. Alisher Navoiy: Qomusiy lugʻat. 
  2. Nasoyim ul-muhabbat.