Jurjon
Jurjon, Jurjoniya (forscha Goʻrgon) — oʻrta asrlardagi viloyat va shahar[1]. Kaspiy dengizining janubi-sharqida, Eronning shim.da joylashgan. Arablar J. viloyatini Xurosonga nisbatan kech zabt etganlar (717-yil). J. shahri arablar davrida bunyod etilgan. 10— 11-asrlarda J. shahri mahalliy ziyoriylar sulolasi poytaxti boʻlgan. J.ning siyosiy mavqei pasaygan boʻlsa ham, arab geograflarining taʼkidlashlariga qaraganda, Kaspiy boʻyi viloyatlarida eng katta shahar hisoblangan. J. viloyati hosildorligi, turli xildagi madaniy oʻsimliklari, oʻzining ipagi bilan shuhrat krzongan. J. shahridan oʻtgan daryo uni 2 qismga: Shahriston va Bakrobodga ajratgan, ular oʻzaro koʻprik bilan bogʻlangan. Shaxriston oʻng qirgʻoqda, Bakrobod soʻl qirgʻoqsa joylashgan. 10-asrdayoq shahar Somoniylar va Buvay-hiylar oʻrtasidagi urushlar natijasida tanazzulga uchragan, ziyoriylar kim gʻolib boʻlsa oʻsha tomonga oʻtib turishgan. Ziyoriylar davrida qurilgan Qobus ibn Vashmgir maqbarasi (1007—07) hozirgacha saqlanib qolgan. J.ning dengiz porti boʻlib Goʻrgon daryosi quyi oqimida, hozirgi Kumushtepa qishlogʻi oʻrnida joylashgan Abeskun gavani xizmat qilgan. Uning yonida sanoat shahri sifatida Astrobod ham qayd etib oʻtilgan. Amir Temur va temuriylar davrida Astrobod shahri yuksalib, viloyat ham uning nomi bilan mashhur boʻlgan. Oʻrta asrlarda ilm-fan taraqqiy etgan J.dan koʻplab olimu fuzalolar yetishib chiqqan.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Bartold V. V., Sochineniya, t. 7, M„ 1971.[2]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |