Kontent qismiga oʻtish

Jurnallashtirish

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Jurnallashtirish (ingl. logging) – axborot texnologiyalaridagi operatsiyalarni xronologik tartibda avtomatik qayd etish shakli, maʼlum bir obyekt bilan bogʻliq jarayon doirasida sodir boʻlayotgan hodisalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni roʻyxatga olish fayli yoki maʼlumotlar bazasiga qayd etish.

Misol uchun, kompyuter xotirasi bilan bogʻliq jurnal – kompyuter faylining allaqachon mavjud boʻlgan va muqobil versiyasini qayta tiklashda foydalanish imkoni boʻlgan maʼlumotlarni qayta ishlash operatsiyalarining xronologik tartibda qayd etilishi hisoblanadi. Maʼlumotlar bazasi boshqaruv tizimlarida oʻzgarishlarni jurnallashtirish – maʼlumotlarni ular bazada bevosita saqlanguniga qadar boʻlgan oʻzgartirishlarni qayd etish usuli ham qoʻllanadi.

Jurnallashtirilgan fayl tizimi – yaxlitlikni taʼminlash va ehtimoliy nosozlik holatida qayta tiklash uchun jurnallashtirish usuli keng qoʻllanadigan fayl tizimi hisoblanadi.

Unifikatsiyalangan jurnallashtirishni taʼminlash uchun dasturiy taʼminotni ishlab chiqishda koʻp hollarda Log4j va Blackbird kabi standart kutubxonalardan foydalaniladi.