Kontent qismiga oʻtish

Ku-Kluks-Klan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(KKKdan yoʻnaltirildi)
1928-yil Vashingtonda Ku-kluks-klan paradi.

Ku-kluks-klan (inglizcha: Ku Klux Klan) — sirli terrorizmik irqiy tashkilot. Konfederatlar armiyasining 6 veterani tomonidan 1865-yil 24-dekabrida Tennessi shtatining Pulaski shahrida, oq irqning ustunligini targʻib qilish va Fuqarolar urushidan soʻng Janubda "sakvoyajchi"lar siyosatining taʻsirini susaytirish maqsadida asos solingan. Negrlarga qarshi yovuzlikni yoyilishiga sabab boʻlgan va shuning uchun 1869-yilda taʻqiqlangan. Ammo, uning koʻpchilik aʻzolari butun Rekonstruktsiya davrida aktiv faoliyat koʻrsatishni davom etishgan. XIX asrning 70-yillarida ku-kluks-klanning faoliyatini tazyiq ostiga olish haqida qarorlar qabul qilingan. [ Ku Klux Klan Act of 1871 ].

Tashkilot aʻzolari qurbonlarga qasd olish ruhiyati oldida mistik qoʻrqinch singdirish maqsadida kapyushonli oq balaxonlar kiyishgan, ku-kluks-klanning ramzi boʻlib esa yonuvchi xoch tanlanadi. Tashkilot ierarxik tuzilishga ega boʻlib, "Janubning koʻrinmas imperiyasi" deb nomlanadi (inglizcha: Invisible Empire of the South); uning boshida Buyuk sehrgar turadi (inglizcha: Grand Wizard).

Bu nomni terroristik sirli tashkilot, birinchi - negrlardan tashqari, katoliklar, yevreylar, darvinchilar, patsifistchilar va profsoyuz aʼzolariga qarshi kurashuvchi dastlabki ku-kluks-klandan meros qilib oldi. 1915-yil Jorjiyada qoʻmondon Uilyam Simmons tomonidan asos solingan. Bir qator janubiy shtatlarda 1920-yillarda aktiv faoliyat koʻrsatgan, keyinchalik uning katakchalari Shimolda ham paydo boʻla boshladi. Ku-kluks-klan 9 mln aʼzoga ega ekanligini eʼlon qiladi, ammo uning oʻrni 1928-yili berkinishdan chiqqanliklaridan soʻng sezilarli darajada susayadi. 1944-yilda rasman tarqatilgan, 1946-yilda qayta tiklangan, 1949-yilda bir qator guruhlanishlarga boʻlinib ketgan. Desegregatsiyaga aktiv qarshilik koʻrsatishni toʻxtatmaydi, 80-yillarda esa huquqlarni himoyalovchi tashkilotlar bilan shafqatsiz toʻqnashuvlarda qatnashgan.

Qiziqarli faktlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nomning kelib chiqishi:

  • KuKluksKlan miltiqni zatvorini tortganida chiqadigan tovushlar majmuidir.[manba kerak]
  • Ku Klux yunon tilidan tarjima qilinganda "doira" degan maʼnoni anglatib, bu kontekstda uni "birodarlik" yoki "ijtimoiyot" deb tushunish lozim.[manba kerak]