Kontent qismiga oʻtish

Koʻz kosasi patologiyasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(KO‘Z KOSASINING PATOLOGIYASIdan yoʻnaltirildi)

Koʻz kosasi patologiyasi — koʻz kosasining yalligllanish patologiyasiga periostit, sellulit, tenonit, orbita venalari trom bozi va boshqalar kiradi[1]. Bu kasalliklarning paydo bo4lishiga turli infektsiyalar — tuberkulyoz tayoqchalari, steptokokk, stafilokokk, yiringlatuvchi batsilla- bacilla viridans, ichaklarning oʻziga xos batsillasi — bac. coli lar sabab boʻlishi mumkin. Bu infektsiyalar organizmning boshqa a ’zolaridagi kasalliklar: oʻpka, tomoq kasalliklari, tish ogʻrigʻi, oshqozon-ichak kasalliklari, teri yaralari, suyak yallig4lanishi orqali tarqalib, qon oqimi bilan orbitaga tushishi yoki koʻz soqqasi, burun atrofi sinuslarining yallig4lanish kasalliklaridan oʻtishi mumkin. Shuning uchun umumiy amaliy vrachlarning aholini profilaktik tekshiruvlardan o4tkazib turishlari maqsadga muvofiqdir. Periostit — (periostitis orbitalis) koʻpincha orbita suyagi qirralari periostining yalligʻlanishi bilan xarakterlanadi. Ilgari tuberkulyoz periostiti koʻproq bolalarda paydo boʻlar edi. Bu jarayon yonoq suyagini zararlantirib, so4ngra orbita suyaklariga oʻtar edi. Bunda orbitaning chakka qirrasining terisi qizaradi, ogʻriydi va tezlik bilan abssess paydo boʻlib, yiringga toʻladi va chakka-pastki qirradan yorib chiqadi. Yiring oqib chiqqan joyni ushlab ko4rilganda suyak qirralari notekisligi — sekvestr seziladi. Bunda tezlik bilan uni ochib, qirib, yiringni chiqarib, dori-darmon bilan davolanmasa, kuchli chandiq paydo boʻladi, patki qovoq tortilib ochilib qolib ektropion26 roʻy beradi. Zaxmda esa koʻpincha orbitaning yuqori qirrasi zararlanib, ogʻriq va shish paydo bo4ladi. U yorilib yemirilib yaralangandan keyin bemor shifokorga keladi. Bunday hollarda laboratoriya tekshirishlarida RW va Mantu reaktsiyalari musbat boʻladi. Davolash spetsifik usullar bilan bajariladi. Hozirgi vaqtda koʻpincha orbita periostiti bolalarda shikastlanish natijasida vujudga keladi. Qattiq zarb bilan tekkan narsa taʼsirida orbita qirrasi og4riq, shish va periostning qalinlashuvi seziladi. Bu shishlar 3-4 kunda kamayib qaytmasa, rentgen bilan tekshirish kerak. Birinchi kunlarda soʻriltiradigan dorilar qoʻllash, yallig(lanishga qarshi dori ichirish va inʼektsiyalar qilish kerak. Orbitaning yuqori va burun tomon qirralarida periostit ular yonidagi frontal, etmoidal boʻshliqlardan oʻtib ogʻriq, qizarish, shish beradi. Agar sinuslarda yiringli yalligʻlanish boʻIsa, orbita qirrasi ham absess b o ‘lib shishadi va yoriladi. Maxsus asbob bilan tekshirilganda fistula yoʻli sinusga boradi. Bunda diagnoz qoʻyish va davolash quloq-tomoq shifokorlari bilan birgalikda bajariladi. Orbita ichki devorlari periostiti — bemomi anchagina qiyin ahvolga soladi. Bunda ekzoftalm paydo boʻlib, koʻz soqqasi qarama-qarshi tomonga qiyshayib ogʻadi. Koʻz shilliq pardasi shishib xemoz beradi. Bemor qattiq ogʻriq va lohaslik sezadi. Agar yalligʻlanish orbitaning yuqori tirqishiga yaqin boʻlsa, yuqori tirqish simptomokompleksi paydo boʻladi va tez vaqt ichida aniqlanadi. Agar u tez va toʻgʻri usullar bilan davolanmasa infektsiya venalar orqali miya pardalari yoki boʻshliqlariga oʻtib, bemor ogʻir ahvolga tushadi. Qattiq bosh ogʻrigʻi, koʻngil aynishi, qusish, isitma koʻtarilishi, hushsizlik, qattiq lohaslanish kuzatilib, bemomi oʻlimgacha olib borishi mumkin. Shuning uchun bunday kasalliklarga alohida ahamiyat berib, vaqtida tezlik bilan tomoq-burun mutaxassisi, nevropatolog bilan birgalikda davolash rejasini tuzib chiqish zarur. Orbita flegmonasi — koʻz kosasi ichi toʻqimasining yalligʻlanishi (cellulitis orbitalis). Bunda bemor qattiq ogʻriq sezadi, eti uvishib, isitmasi koʻtarilib ketadi. Klinikasi. Qovoqlar qizarib konʼyunktiva shishib ketadi, agar flegmonaga oʻtib ketsa ekzoftalm paydo boʻladi, bemor koʻzini qimirlata olmay u yoq bu yoqqa qaray olmaydi. Koʻz soqqasining harakati chegaralanadi, yalligʻIanish koʻruv nerviga oʻtib nevrit beradi, koʻzning koʻrishi pasayadi. Bemor ertaroq shifokorga koʻrinib, davolanmasa, yalligʻlanish miya pardalariga oʻtib, ogʻir umumiy holat beradi va oʻlimga sabab boʻladi.

Flegmona, katta ekzoftalm, hemoz boʻlganda orbitaning tashqi-pastki qirrasi ostidan kesib, orbitotomiya qilib, yiringni chiqarish, boʻshliqni kuchli antibiotiklaming quyuq eritmasi bilan yuvib, turunda qoʻyish va linkomitsin, seporin, sefamizindan katta dozada sxema bilan inʼektsiya qilish zarur. Isitmani tushiradigan, yurakni quvvatlantiradigan dorilar, sulfanilamidlar va vitaminlar berish lozim. Tenonit — tenon kapsulasining yallig4 lanishi (tenonitis). Bu kasallik kam uchraydi. Buning sabablaridan biri revmatizmning keskin xuruji, baʼzida ogʻir gripp, shikastlanish va boshqalardir[1]. Klinikasidagi eng xarakterli simptom — kasallangan koʻz harakatlanib qimirlaganda bemor oʻtkir va keskin sanchiqli ogʻriq sezadi, koʻz soqqasi ustida biror yuk turganga oʻxshash ogʻirlik sezadi. Obʼektiv holatida — tez orada ekzoftalm, konʼyunktivaning kuchli shishuvi — xemoz paydo boiadi. Diplopiya paydo boʻlishi mumkin. Koʻpincha 2-3 kundan kcyin ikkinchi sogʻlom koʻzda ham shu simptomlar paydo boʻlishi mumkin. Amaliy shifokor, yuqorida yozilgan simptomlarga yaxshi ahamiyat berishi va oʻz vaqtida diagnoz qo4yib, bemomi statsionarga y uborishi zarur. Unda klinika va laboratoriya analizlariga asoslanib, etiologik davolash usullari qoʻllanadi. Davolash birinchi navbatda 10-15 daqiqa quruq issiq (sollyuks lampasi) berish, koʻzni bogʻlab qoʻyish va levomitsetin, albutsidlarni ham bir oz isitib tez-tez tomizib turish kerak. Albutsidning poroshogini ertalab va kechqurun (uxlash oldidan) koʻzga sepish yaxshi natija beradi. Orbita venalari trombozi Orbita venalarining trombozi oʻzining subʼektiv va obʼektiv simptomlari bilan orbita flegmonasini eslatadi. Bunda ham og4riq, shish, qizarish, xemoz, ekzoftalm paydo boʻlishi mumkin. Lekin buning oʻziga xos simptomlari — trombozga uchragcm venaning qovoq ichki qavatlarida ogʻriqli qattiq zich shnurga oʻxshab yotishi, koʻruv nervining yalligʻlanishi, markaziy venaning trombozi bilan farqlanadi. Yuz terisi va ayniqsa yuqori lab terisida chipqon, saramas boʻlganda infektsiya yuz venasi shoxchalaridan orbitaga oʻtib, tromboz berishi mumkin. Baʼzida tromboz miya venalaridan orbitaga oʻtishi ham mumkin. Lekin tromboz orbitadan miyaga oʻtganda uni oʻz vaqtida aniqlab, davolanmasa kasallik bemorni halok qilishi mumkin. Shuning uchun infektsiyalarga qarshi olib boriladigan tadbirlarni ogʻishmay bajarish, shaxsiy va umumiy gigiyenaga rioya qilishning ahamiyatini aholiga qayta-qayta tushuntirish va bunday kasalliklarning oldini olish zarur vazifalardan biridir. Davolash usullari orbita flegmonasini davolashdan kam farq qiladiyu, agar yalligʻlanishni keltirib chiqargan infektsiya bakteriologik aniqlansa, masalan, tuberkulyozda spetsifik sxema bilan davolanadi. Umumiy kasalliklardan endokrin bezlar patologiyasi ham orbitaga zarar yetkazishi mumkin. Qalqonsimon bezning Bazedov kasallida ikkala koʻzning kuchli ekzoftalmi boʻlishi mumkin. Bunda koʻz shox pardasi qovoqlar bilan bekilmay qolishi, keratit boʻlishi mumkin. Buning ekzoftalmdan tashqari yana uchta oʻziga xos simptomlari bor: Grefe simptomi — koʻzlar ochiq turganda yuqori limb ustida sklera ingichka oq tasmaga oʻxshab koʻrinib turadi, chunki yuqori qovoq shox parda ustiga surila olish qobiliyatini yoʻqotadi. Mebius simptomi — koʻzlarning konvergentsiya qobiliyati pasayib ketadi. Shtelvag simptomi- mijja qoqishning ju d a siyraklashuvi, koʻz tirqishining yaxshi yumilmasligidan boʻladi. Davolash asosiy kasallikka qarshi qaratilishi kerak, koʻzga tomchi dorilar va malhamlar qoʻllash lozim. Orbitada qon aylanishining buzilishi natijasida paydo boʻladigan ekzoftalm — pulsatsiya qiladigan ekzoftalm exophthalmus pulsans deyiladi. Bu patologiyaning ham asosiy simptomi ekzoftalm boʻlib, bunda koʻz soqqasi pulsga oʻxshab ritm bilan loʻqillab turadi. Qo4 kaftini koʻzga qoʻyib turilganda bu yaxshi seziladi. Bu loʻqillash hushtakka oʻxshagan tovush bilan oʻtib, hatto bemorning oʻziga ham eshitiladi, koʻz ichi bosimi koʻtariladi, koʻz tubidagi vena tomirlari kengayadi. Bu holat qari va skleroz kasalligiga yoʻliqqan odamlarda ichki uyqu arteriyasining gʻorsimon boʻshliqqa yorilishi natijasida yuzaga keladi. Bunda arteriyaning anevrizmasi va shikastlanishlari ham sabab boʻladi. Odatda hushtakli ekzoftalm bir tomonlama boʻladi. Bunda koʻruv nervining asta-sekin atrofiyaga uchrashi yoki ikkilamchi glaukomadan koʻz butunlay koʻrmay qoladi[1].

  1. 1,0 1,1 1,2 M.H.HAMIDOVA, Z.Q.BOLTAYEVA. KO‘Z KASALLEKLARI, 2016, Toshkent: "Zar-qalam" — 174-179-bet.