Kontent qismiga oʻtish

Periostit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Periostit (peri... va yun. osteon — suyak) — suyak pardasi (periost)ning yalligʻlanishi. Suyakning oʻzi, koʻmigi, Govers kanallari, suyak atrofidagi toʻqimalar yalligʻlanishi oqibatida vu-judga keladi. Oʻtkir va surunkali boʻladi. Suyak pardasiga jarohat orqali, qon va limfa bilan yiringlatuvchi mikroblar kirishi yoki yalligʻlanish jarayoni suyakdan bevosita suyak pardasiga utishi natijasida oʻtkir P. kelib chiqadi: bemorning darmoni quriydi, eti uvishadi, temperaturasi 39—40° gacha koʻtariladi, boshi ogʻriydi. P. boʻlgan joy shishadi, qizaradi, qiziydi va teri yaltillab turadi. Jarayon zoʻrayganda, suyak pardasi ostida yiring toʻplanadi. Oʻtkir P. oʻz vaqtida davolanmasa, surunkali P.gaaylanib ketadi. P. osteomiyelit va suyakning boshqa kasalliklari belgisi boʻlishi ham mumkin. P. boʻlgan joyga issiq qilish va antibiotiklar, fizioterapiya buyuriladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil