Kontent qismiga oʻtish

KWord

Vikipediya, erkin ensiklopediya
KWord

KWord 2.0 dan olingan skrinshot
Asl muallif(lar) Reginald Stadlbauer
Yaratgan dasturchisi (firmasi) KDE
Dastlabki foydalanishga
chiqarilishi
1998 (26 yil avval) (1998)
Operatsion sistema Unix, Windows
Turi Matn protsessori, Nashriyot ilovalari
Litseziyasi LGPL
Veb sayt koffice.org/kword/

KWord – eskirgan matn protsessori, nashriyot ilovasi hisoblanib, KOffice[1] toʻplamining bir qismidir. Uning oʻrnini yangilangan Calligra Suite ofis toʻplamining Calligra Words ilovasi egalladi.

KWord ilovasi Reginald Stadlbauer[2] tomonidan 1998-yilda KOffice loyihasining bir qismi sifatida FrameMakerdan freymlaridan foydalanish kabi bir nechta gʻoyalardan ilhomlangan holda yaratilgan. Muallif ilova va uning manba kodi birinchi tartibli emasligini tan oldi, chunki bu uning eng birinchi obyektga yoʻnaltirilgan dasturlash asosida ishlab chiqqan ilovasi edi.

2012-yilgacha KWord KOffice ofis dasturlari toʻplamining qolgan ilovalari bilan birga faol ravishda ishlab chiqildi[1]. KOffice 2.4 dan boshlab ishlab chiquvchilar har olti oyda yangi KOffice versiyalarini chiqarishni maqsad qildilar[3]. Ammo KOffice ilovasida 2012-yil mart oyining oʻrtalaridan beri hech qanday oʻzgarishlar sodir boʻlmadi[4].

2012-yil avgust oyida ikkita kichik xatolikdan soʻng koffice.org veb-sayti 2012-yil sentabr boshida almashtirildi. 2012-yil 22-oktabrda KDE KOfficeni veb-sayt vositalari roʻyxatidan olib tashladi.

Imkoniyatlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

KWorddagi matn joylashuv sxemasi freymlarga asoslangan boʻlib[5], Adobe tomonidan yaratilgan FrameMakerga oʻxshash yaratilgan. Ular sahifaning istalgan joyiga joylashtirilishi mumkin va matnlar, grafika va obyektlarni oʻz ichiga olishi mumkin. Har bir yangi sahifa yangi freymdir, biroq matn KWord freymlarini bir-biriga bogʻlash imkoniyati bilan qoʻyilishi mumkin. Ushbu freymlardan foydalanish KWordda murakkab grafik sxemalarni osonlik bilan yaratish mumkinligini anglatadi.

Koʻpgina kompyuter nashriyot ilovalari xuddi KWord kabi freymlardan foydalanadi, ammo ushbu ilovalar foydalanuvchiga hujjat strukturasini loyihalash imkonini beruvchi asosiy sahifalar deb ataladigan konsepsiyadan foydalanadi. Biroq, KWord ishlab chiquvchilari freymlardan nusxa koʻchirish va yangi sahifa yaratilganda, masalan, sahifa uchun juda koʻp matn boʻlganda, ularning joylashuvi bilan asosiy sahifalarda foydalanish mumkin boʻlgan varianti sifatida freymlardan foydalanish imkoniyatini ishlab chiqdilar.

  1. 1,0 1,1 „KWord at KOffice.org“. "KDE koffice.org Webteam". 2005-yil 31-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 7-iyun.
  2. „koffice/kword“. Lists.kde.org. Qaraldi: 2012-yil 1-may.
  3. „Re: Platform support / Roadmap“. Lists.kde.org. Qaraldi: 2012-yil 1-may.
  4. „KOffice activity (Note: Script Kiddy is an automated maintenance bot, not a developer)“. KDE Projects (2012-yil 18-iyul). 2012-yil 20-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 18-iyul.
  5. „KWord, The Lightweight Word Processing Power Tool - Aim Higher Than MS Word - Reviews“. LinuxPlanet (2007-yil 6-dekabr). 2017-yil 23-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 13-iyun.