Kontent qismiga oʻtish

Kabalaka

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Kabalaka (Kabala, Kabalak) – kad. shahar, Kavkaz Albaniyasining poytaxti (6-asrgacha). Yirik savdo markazi (15-asrgacha). Safaviylar tomonidan vayron qilingan (16-asr). K. haqidagi ilk maʼlumotlar Pliniy va Ptolemey asarlarida, shuningdek, kad. gruzin va arab manbalarida uchraydi. Chuxur-Kabali qishlogʻi (Ozarbayjon) yonida K. arki harobalari saqlangan boʻlib, u 25 ga mayd.ni egallaydi. Arqdan sharqrokda ibodatxona va shahriston (50 ga dan ziyod) joylashgan. 1926, 1944—45-yillarda arxeologik kazish ishlari olib borilgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil