Kabir Komilov
Qiyofa
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Kabir Komilov (1911.19.11 - Toshkent — 1998.27.12) — huquqshunos. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1989). Toshkent yuridik institutida oʻqigan (1935—39). Adliya xalq komissarligi tizimida ishladi: Oʻzbekiston SSR Adliya vaziri (1944—47), respublika Oliy sudi raisi (1947—50). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Huquq boʻlimida (1951—58) katta ilmiy xodim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Prezidiumida ilmiy kotib muovini (1960—66). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Falsafa va huquq institutida katta ilmiy xodim (1958—60), shoʻʼba mudiri (1968-yildan). K. mahalliy davlat hokimiyati va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarishi toʻgʻrisidagi qonunlarni hayotga joriy etishning huquqiy muammolari ustida i.tlar olib bordi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |