Kabudan (qadimiy shahar)
Kabudan | |
---|---|
qadimgi shahar | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Asos solingan | Gʻarbiy turk xoqonligi davrida |
Qachondan beri qadimgi shahar | V—VII asrlar |
Iqlim turi | keskin kontinental |
Kabudan – hozirgi Oʻzbekistonning Samarqand viloyati hududida joylashgan qadimgi shahar[1]. Gʻarbiy turk xoqonligi davrida savdo-sotiq markazlaridan biri boʻlgan. Taxminan V asrdan VII asrgacha aholi istiqomat qilgan. Shahar ark, rabot va shahriston qismlaridan iborat boʻlgan. Arablar istilosi davomida vayron qilingan. Hudud Soʻgʻd davlatiga kirishdagi ilk shahar vazifasini oʻtagan.
Tuzilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shahar arkining balandligi 12 metrni tashkil qilgan. Mudofaa maqsadida devorlar bilan oʻrab olingan. Aholisi xoʻjalik maqsadlarida Bulugʻur arigʻidan foydalangan. Hukmdorlar arkda, zodagaonlar shahristonda, oddiy aholilar esa shahardan tashqarida istiqomat qilishgan. Maydoni 400 gektarni tashkil qilgan[2].
Kashf etilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Samarqand davlat arxeologiya instituti, Berlin-Brandenburg Fanlar akademiyasi va Yaponiyaning Kiota sanʼat universiteti hamkorligida Jomboy tumanining Mintepa yodgorligida ilmiy izlanishlar olib borilgan. Izlanishlar davomida yodgorlikda 2 qavatli uylarning xarobalari topilgan[3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Jomboy tumanidan V-VIII asrlarga oid Kabudan shahri qoldiqlari topildi“. Uzreport.news. Qaraldi: 28-oktabr 2024-yil.
- ↑ „Jomboyda qadimiy shahar qoldiqlari topildi. U asrab qolinadimi?“. UzA. Qaraldi: 28-oktabr 2024-yil.
- ↑ „Jomboyda V-VIII asrlarga oid qadimiy shahar aniqlandi“. Zarnnews.uz. Qaraldi: 28-oktabr 2024-yil.