Kontent qismiga oʻtish

Kadan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kadan, Oʻzbekiston Respublikasi, Samarqand viloyatidagi Kattaqoʻrgʻon tumanining markazi hisoblanadi.[manba kerak] Mustaqillik yillaridan soʻng Alisher Navoiy jamoa xoʻjaligi, soʻng Durbesh QFY (qishloq fuqarolar yigʻini) tasarrufidagi qishloq boʻlgan. Hozirda Kadan MFY (mahalla fuqarolar yigʻini)ga qarashli tumanda 2-qoʻrgʻon hisoblanadi.

Kadan soʻzining maʼnosi — „somonxona“ deyiladi ayrim manbaalarda. Chunki Buyuk ipak yoʻlida joylashgan tumanga qarashli boʻlganligi uchun savdogarlar oʻzining ot va tuyalarini shu yerdan oziqlantirib, somon gʻamlab ortib ketishgan. Chegaradosh Mahalla va qishloqlari — Yangiravot (Tepaqoʻrgʻon), Mullakoʻrpa (Chim, Tallimaron, Mullakoʻrpa), Mundiyon (Saroy) va Payshanba shaharchasi hisoblanadi. Hozirda Kadan hududida tumanning Davlat Soliq inspeksiyasi, Majburiy ijro byurosi, Mahallabay ishlash markazi, Bandlikga koʻmaklashish markazi, Suv xoʻjaligi, Yoʻl patrul xizmati, Jinoiy va maʼmuriy sudi, Yongʻinga qarshi kurashish boʻlimi, Davlat xizmatlari markazi, Tibbiyot birlashmasi hamda Kattaqo'rg'on tuman hokimligi mavjud. Aholi soni 4500 ga yaqin (01.01.2021 holatiga). Mahalla oqsoqoli: Shernazarov Shukurullo Abdullayevich. Sektor (2) rahbari: O'sarov Sherod Pirmatboyevich. Tuman hokimi v.b.: Nasriddinov Jamshid. 1994 yillargacha tuman hokimligi va uning tasarufidagi tashkilotlar Durbesh QFYga qarashli boʻlgan. Hozirda Kattaqo'rg'on tuman 1-son kasb hunar maktabi (eski Kadan qishloq xo'jalik kasb hunar kolleji) haydovchilik majmuasi o'rnidan aholi qatlami uchun ko'p qavatli uy-joy qurilish ishlari boshlangan. Kadan MFY hudida 2 ta maktab (15, 98), 2ta bolalar bog'chasi (10, 49 va qisman 21), 1-son kasb kasb-hunar kaktabi faoliyat olib bormoqda.