Kadis
Qiyofa
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Kadis — Ispaniyaning jan. qismidagi shahar. Andalusiya muxtor viloyatida, Kadis provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 143,1 ming kishi (1998). Atlantika okeanining Kadis qoʻltigʻidagi port. Kemasozlik, aviatsiya, baliq konservalash, tamaki sanoati korxonalari mavjud. Shaharga mil.av. 9-asrda finikiyaliklar tomonidan Gadir nomi bilan asos solingan. Meʼmoriy yodgorliklaridan Puerta de Tyerra devorlari (17-asr), Santa-Krus sobori (13-asr) saqlangan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]