Kontent qismiga oʻtish

Kadmiy sulfid

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Kadmiy sulfid, CdS - sariq yoki qizil rangli kristallar. Geksagonal va kubsimon modifikatsiyalari maʼlum. Suyuqlanish temperaturasi 1475°, zichligi 4,824 g/sm3, yarimoʻtkazgich. Suvda erimaydi, konsentrlangan NS1, HNO3 va H2SO4 taʼsirida parchalanadi. Kadmiy va oltingugurt bugʻlarini oʻzaro taʼsir ettirish, eritmadan vodorod sulfid yoki natriy sulfid ishtirokida choʻktirish, kadmiy va oltingugurt organik birikmalarni oʻzaro taʼsir ettirish usullari bilan olinadi. K. s. yarimoʻtkazgich lazerlarda faol muhit, fotoelementlar tayyorlashda xom ashyo, quyosh batareyalari, fotodiodlar, lyuminofor, shisha, sopol va badiiy boʻyoqlar tayyorlashda pigment sifatida qoʻllanadi. Tabiatda grinokit minerali koʻrinishida uchraydi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil