Kontent qismiga oʻtish

Kakadular

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Kakadular (lotincha: Cacatuidae) — toʻtiqushlarning kenja oilasi. 17 turi maʼlum, 5 urugʻga birlashgan. Zagʻchadan to qargʻagacha kattalikda boʻladi. Koʻpchiligining boshida kokili yaxshi rivojlangan. Avstraliya, Tasmaniya, Yangi Gvineya, Filippin va Indoneziyada tarqalgan. Hamma turlari oʻrmonlarda yashaydi. Daraxt kovaklari va qoyalar orasiga in quradi. 2—5 ta oq tuxum qoʻyadi. Mevalar, yongʻoqlar, danaklar va baʼzan hasharotlar bilan oziqlanadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil