Kontent qismiga oʻtish

Kakofoniya

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Kakofoniya (yun. kakos — yomon va phone — tovush) — musiqa tovushlarining tartibsiz birikuvi. Odatda, tovushlarning tasodifiy qoʻshilishidan hosil boʻladi. Biroq, musiqiy avangardizm (mas, aleatorika) namoyandalari oʻz asarlarida K. elementlaridan ongli ravishda badiiy maqsadda foydalanishadi (G. Koell, J. Keyj, P. Bulez, Ya. Ksenakis va b.). 20-asrning 70-y.laridan boshlab baʼzi Oʻzbekiston kompozitorlarining teatr va, ayniqsa, kino uchun yozgan musiqalarida ham uchraydi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil