Kontent qismiga oʻtish

Kalbitxan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kalbitxan (koreyscha: 갈비탕, 갈비湯, Galbi tang, kalbi tʼang) — asosan, mol qovurgʻasidan, shuningdek, mol goʻshti, daykon, piyoz va boshqa masalliqlardan tayyorlanadigan txan yoki koreys shoʻrvasining bir variantidir[1][2]. „Kalbi“ — „gogigui“ deb nomlangan koreys barbekyusida qovurilgan mol goʻshti qovurgʻalari va xitoycha „txan“ qoʻshimchasi „qaynatish“, degan maʼnoni anglatadi[3]. Demak, koreyscha nomi soʻzma-soʻz „mol qovurgʻa shoʻrvasi“ deb tarjima qilinadi. Shoʻrva quyidagicha tayyorlanadi: kalbi sekin qaynayotgan suvda uzoq vaqt qaynatiladi. Bu hoʻkiz tuyogʻidan tayyorlangan shoʻrva — sollontxanga oʻxshaydi[4].

Kalbitxan toʻgʻrisidagi tarixiy matnlar 1890-yillarda oʻtkazilgan Koreya saroy ziyofati qoidalari jadvalida keltirilgan. Biroq, kalbi Koryo sulolasining keyingi davrida (918-1392) allaqachon isteʼmol qilingan, degan taxminlar mavjud[5].

Kalbitxan toʻy dasturxonida ham tortiladi.

Tayyorlanishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kalbitxanni tayyorlash uchun jami 5 soat vaqt ketadi. Qovurgʻalar oʻtkir pichoq bilan kesib goʻshti shilinadi, soʻngra uzunligi 5-6 sm boʻlgan bir necha boʻlaklarga boʻlinadi. Keyin yuqori olovda ular mol goʻshti va butun daykon bilan qaynatiladi, kastryulga birinchi daykon solinadi. Bir muddat oʻtgach, olov pasaytiriladi.

4-5 soatdan soʻng mol goʻshti juda yumshab qoladi, shundan soʻng daykon idishdan olinadi va 3 smdan tilimlanadi. Qovurgʻalar ham tovadan chiqariladi va maydalangan koʻkpiyoz, sarimsoq va qalampir kukuni, soya sousi sepiladi, shuningdek, kunjut yogʻi — kunjut aralashmasi va tuz solinadi. Shoʻrva soviganidan soʻng sirtdagi yogʻ olib tashlanadi. Xushxoʻrlashtirilgan qovurgʻalar va toʻgʻralgan daykon yana qozonga solib qaynatiladi[6].

  1. Wency Leung. „A taste of Korea“. The Prague Post (2009-yil 5-mart). 2013-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. (Wayback Machine saytida 2009-11-11 sanasida arxivlangan)
  2. „Galbi-tang (beef short rib soup)“ (deadlink). KBS. 2013-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 19-aprel. „arxiv nusxasi“. 2018-yil 5-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-may.
  3. „Korean Food: Soups“. lifeinkorea. 2013-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
  4. „갈비탕“ (ko). Nate / EncyKorea. 2011-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-may.
  5. „[서현의 우리문화 우리건축]예식장-일그러진 건물 : 뉴스 : 동아닷컴“. 2013-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 23-aprel.
  6. „갈비탕 galbi tang / Short Rib Soup“ (ko). Doosan Encyclopedia. 2013-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan.