Kontent qismiga oʻtish

Kaleydoskop

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kaleydoskop (yun. kalos — chiroyli, eidos — koʻrinish va skopeo — koʻraman, kuzataman) — ichiga birbiriga nisbatan 60° burchak ostida joylashtirilgan 3 ta koʻzgu plastinkalari oʻrnatilgan trubka. Ingliz fizigi D.Bryuster 1817 yilda kashf qilgan. Trubkaning bir tomoni xira shisha bilan berkitilib, turli rangdagi shisha siniqlari solinadi, ikkinchi tomoniga kuzatish uchun shaffof shisha oʻrnatiladi. Trubka aylantirilganda xira shisha qoʻyilgan uchida dam-badam oʻzgarib turadigan turli shakllar koʻrinadi. K.dan meʼmorlik, toʻqimachilik va b. sohalarda nusxalar olishda foydalaniladi; u bolalar oʻyinchogʻi sifatida ham ishlatiladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil