Kontent qismiga oʻtish

Kaliforniya qoʻltigʻi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Kaliforniya qoʻltigʻi - Tinch okeandagi qoʻltiq. Shimoliy Amerikaning gʻarbiy sohilida. Okeandan Kaliforniya yarim orol bilan toʻsilgan. Maydon 180 ming km2. Uzunligi 1240 km, kengligi 220 km, eng chuqur joyi 3292 m. Gidrologik rejimi boʻyicha — dengiz. Iqlimi subtropik iklim. Suvining temperaturasi qishda 15—21°, yezda 28° gacha. Shoʻrligi 35,1 — 35,5%s. Baliq (kambala, skumbriya, tunets) ovlanadi. Sharqiy sohilida Guaymas (Meksika) porti joylashgan. Kolorado daryosi quyiladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil