Kalkutta universiteti
Qiyofa
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Kalkutta universiteti — Hindistondagi qadimgi va yirik universitetlardan biri. 1857-yil "Hindu kolledj" (1827) negizida tashkil etilgan. Ijtimoiy fanlar, tabiiy-matematika fanlari, tijorat, huquq, jurnalistika, pedagogika, nafis sanʼat va musiqa, muhandislik, texnologiya, tibbiyot, qishloq xoʻjaligi va boshqa ixtisosliklar boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Universitet va unga biriktirilgan kollej va maktablarda 230 mingdan ortiq talaba oʻqiydi. Universitet kutubxonasida 500 mingdan ortiq asar saqlanadi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]