Kontent qismiga oʻtish

Kalsiferollar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kalsiferollar, vitamin D — yogʻda eriydigan birikmalar; sterinlar hosilasi. Antiraxit xossaga ega. Eng muhim K.: ergokalsiferol (vitamin D2) va xolikalsiferol (vitamin D3). Ulardan birinchisi ergosterin (provitamin D2) nurlantirish taʼsirida sunʼiy sintezlanadi. Ikkinchisi odam va hayvonlar tanasida quyoshning ultrabinafsha nurlari taʼsirida 7-degidroxolesterin (provitamin D,)dan olinadi. K.ning asosiy manbai baliklar, kitlar va baʼzi b. hayvonlar jigaridagi yogʻlar, nurlantirilgan achitqilar hisoblanadi. K. ichakda kalsiy va fosfor almashinuvi, ularning buyrakda reabsorbsiyasi (qayta soʻrilishi)ni va bu tuzlarning suyak toʻqimasidan chiqarib tashlanishini boshqaradi. Vitamin D ning yetishmasligi skeletni minerallashtiradi (raxit va skelet toʻqimasining yumshoq boʻlib qolishiga sabab boʻladi). Vitamin D meʼyoridan koʻp boʻlganda qonda miqdori ortadi. Bu vitamin yumshoq toʻqimada toʻplanib boradi (gipervitaminoz). Voyaga yetgan odam organizmida bir sutkada 2,5 mkg, bolalarda 12,5 mkg vitamin D sarflanadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil