Kontent qismiga oʻtish

Kamikava (Hyogo)

Koordinatalari: 35°4′0″N 134°44′0″E / 35.06667°N 134.73333°E / 35.06667; 134.73333
Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Kamikava, Hyogodan yoʻnaltirildi)
Kamikawa

神河町
Skyline of Kamikawa
35°4′0″N 134°44′0″E / 35.06667°N 134.73333°E / 35.06667; 134.73333
Mamlakat Yaponiya
Prefektura Hyogo
Tuman Kanzaki
Asos solingan 2005
Avvalgi nomlari Okavachi
Qachondan beri 1955
Maydon 202.23 km2 (78.08 kv mi)
Aholisi
 (2022-yil, 30-aprel)
10,794
Zichligi 53 kishi/km2
Vaqt mintaqasi UTC+09:00JST
Hudud ID kodi 64 Teramae, Kamikawa-cho, Kanzaki-gun, Hyogo-ken 679-3116
Kamikawa xaritada
Kamikawa
Kamikawa
Tonomine tepaliklari
Mineyama tepaliklari

Kamikawa (yaponcha: 神河町 Kamikawa-chō?) – Yaponiyaning Hyogo prefekturasi, Kanzaki tumanida joylashgan shaharcha. 30-aprel, 2022-yil(2022-04-30) holatiga koʻra, shaharcha aholisi 10,794 kishidan iborat boʻlib, 4220 xonadon mavjud . Aholi zichligi bir km² uchun 53 kishiga toʻgʻri keladi.[1] Shaharchaning umumiy maydoni 202.23 km².

Kamikava Hyogo prefekturasining markazida joylashgan. Shaharcha hududining 80%ini oʻrmonlar egallaydi. Oʻrmonlar balandligi 1000 metrlik togʻlar bilan oʻralgan. Aholi punktlari Odavara daryosi, Ichi daryosi, Ochi daryosi va Inumi daryosi kabi daryolar boʻylab tor vodiy tubi tekisliklarida tarqalib yotadi. Kamikava hokimyati binosi dengiz sathidan 150 metr balandlikdagi hududda joylashgan.

Qoʻshni shaharlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Himeji shahri
  • Asago shahri
  • Shisō shahri
  • Ichikawa shahri
  • Taka shahri

Kamikava nam subtropik iqlimga ega. Yozi issiq, qish esa salqin va yengil qor yoʻgib oʻtadi. Kamikavada oʻrtacha yillik harorat 12,6 °C. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1606 mm, eng yomgʻirli oy esa sentyabr. Eng yuqori harorat avgustda 24,4 °C atrofida, eng past harorat esa yanvarda 0,9 °C atrofida boʻladi.[2]

Demografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yaponiya aholini roʻyxatga olish tizimi maʼlumotlariga koʻra, Kamikava aholisi soʻngi 70 yil davomida doimiy ravishda kamayib kelmoqda[3].

Aholining oʻsishi
YilAholi±%
1960 15 799—    
1970 14 659−7.2%
1980 14 401−1.8%
1990 14 492+0.6%
2000 13 500−6.8%
2010 12 229−9.4%

Zamonaviy Kamikava shahrining hududi qadimgi Harima viloyatiga toʻgʻri keladi. Edo davrida u Tokugava syogunligining bevosita boshqaruvi ostida Ximeji klani va Tenryo hududi oʻrtasida boʻlib olingan. Meiji islohoti davriga kelib,Hyogoning Kanzaki tumanida Teramae va Hase qishloqlari vujudga keldi. Ikki qishloq 1955-yil 31-martda birlashtirilib, Okavachi nomi bilan shaharcha maqomini oldi. 1957-yil 1-aprelda Okavachi Asago tumanidagi Ikuno qishlogʻini qoʻshib oldi. Okavachi shaharchasi 2005-yil 7-noyabrda Kanzaki shahri bilan birlashtirildi va Kamikava deb qayta nomlandi.

Kamikava toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan hokim va 12 aʼzodan iborat shahar kengashiga tomonidan boshqariladigan hokimyatga ega. Kamikava Kanzaki tumanining boshqa shaharlari bilan birgalikda Hyogo Prefekturasi Assambleyasida bir aʼzo oʻrniga egalik qiladi. Milliy siyosat nuqtai nazaridan, shahar Yaponiya Dieti Quyi Palatasining Hyogo 12-okrugiga qarashli hududdir.

Kamikava qishloq xoʻjaligi va yengil ishlab chiqarish kabi aralash iqtisodiyotga ega.

Kamikavada uchta davlat boshlangʻich maktabi, shahar hukumati tomonidan boshqariladigan bitta davlat oʻrta maktabi va Hyogo prefekturasi taʼlim boshqarmasi tomonidan boshqariladigan bitta davlat yuqori maktabi mavjud.

Tashqi havolalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]