Kontent qismiga oʻtish

Kamol Rahmonberdiyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kamol Rahmonberdiyev
Kamol Qozi
Kamol Rahmonberdiyev
Turkiston Milliy Majlisi aʻzosi
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1885-yil
Toshkent

Kamol Rahmonberdiyev (Kamol Qozi) – (1885—?) – Turkistondagi taniqli ulamo. Toshkentda tashkil etilgan Turkiston musulmonlarining „Mahkamayi shar’iya“ idorasi raisi. Turkiston Milliy Majlisi aʼzosi.

Tarjimayi holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kamoliddin Rahmonberdi oʻgʻli 1885-yili Toshkentda ulamo oilasida tavallud topgan. U arxiv hujjatlarida qoʻqonlik ruhoniy sifatida tilga olinadi. Qoʻqon va Toshkentda uning nufuzi juda baland boʻlgan. Kamol Rahmonberdiyev yirik ulamo sifatida Toshkent va Qoʻqondan tashqari butun Fargʻona vodiysida katta shuhrat qozongan.

U 1917-yil noyabrda Kamol Rahmonberdiyev (Kamol Qozi) Turkiston Milliy Majlisi aʼzoligiga saylangan. Turkiston muxtoriyatiga barham berilgach, Qoʻqondan Toshkentga kelib, masjidda imomlik qiladi. U faoliyati davomida chekislar qamoqqa olguniga qadar Fargʻona vodiysi va Toshkentda koʻplab masjidlarda imomlik bilan shugʻullanadi. 1936-yil 22-fevralda Oʻzbekiston SSR NKVD tomonidan Toshkentda taniqli ulamolar qatorida Kamol Qozi (Kamol Rahmonberdiyev) va oʻlka musulmonlari boshqarmasi "Mahkamayi shar’iya)ning sobiq raisi Zahriddin Aʼlam (Zuhriddin Aʼlam Qosim Xoʻjayev) va boshqalar ham qamoqqa olinadi va ularga turli soxta ayblovlar qoʻyiladi[1]. Mazkur „Musulmon ruhoniylari“ ishi sovet rejimi Oʻzbekiston SSRda ulamolarga nisbattan ommaviy qatagʻon siyosatini yana qayta boshlagan. 1936-yil 31-may-3-iyunda boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston SSR Oliy sudi Maxsus kollegiyasining sud majlisida Kamol Qozi (Kamol Rahmonberdiyev) 3 yil muddatga mehnat tuzatish lageriga jazoni oʻtash boʻyicha hukm oʻqiladi. Biroq ushbu qamoqda faqatgina Shorasul Zunnunov qaytib kelgan. Tarixchi olim Qahramon Rajavob fikriga koʻra, Kamol Qozi (Kamol Rahmonberdiyev)ning toʻliq tarjimayi holi hali toʻliqligicha oʻrganilmagan[2].


  1. Abdullayev R. Raximov M, Rajabov Q va boshqalar. O’zbekiston tarixi (1917—1991) birinchi kitob. Toshkent: O’zbekiston, 2019 — 560-bet. 
  2. Rajabov Q. Turkiston muxtoriyati vazirlari hamda milliy majlis a’zolari hayoti va taqdiri. Toshkent: Bodomzor invest, 2021 — 92-bet.