Kamoliddin Rabbimov
Kamoliddin Rabbimov | |
---|---|
Tavalludi |
14-oktyabr 1977-yil Samarqand viloyati, Ishtixon tumani. |
Istiqomat joylari | Fransiya (2007—2021). |
Fuqaroligi | O‘zbekiston |
Kasbi | Siyosatshunos |
Sohasi | Siyosatshunos, siyosat falsafasi. |
Taʼlimi |
1994–1999-yil Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti; 1999–2002-yil Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi. |
Dini | Islom |
Kamoliddin Rabbimov (14-oktabr 1977-yil, Oʻzbekiston SSR) – oʻzbekistonlik siyosatshunos. U geosiyosat, siyosat, jamiyatshunoslik haqidagi oʻzbek va xorij OAVga bergan intervyulari bilan tanilgan[1][2][3][4][5].
Tarjimai holi
Kamoliddin Rabbimov 1977-yil 14-oktabrda Samarqand viloyatining Ishtixon tumanida tugʻilgan. 1994–1999-yillarda Oʻzbekiston Davlat jahon tillari universitetining Tarjimonlik fakulteti, Sharq tillari (arab tili va adabiyoti) va ingliz tili mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan[6]. 1999–2002-yillarda Oʻzbekiston respublikasi prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi aspiranturasida oʻqigan. 2000–2001-yillarda Oʻzbekiston respublikasi prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida ilmiy xodim; 2002–2004-yillarda „Ijtimoiy fikr“ jamoatchilik fikrini oʻrganish markazida ilmiy xodim[6]; 2003–2005-yillarda AQSHning Oʻzbekistondagi Xalqaro Respublikasi Instituti konsultanti, Germaniyaning Konrad Adenauer jamgʻarmasi bilan referent sifatida hamkorlik qilgan[6]; 2004–2005-yillarda Fuqarolik jamiyatini oʻrganish institutida katta ilmiy xodim vazifalarida ishlagan. 2005–2006-yillarda Polshaning Varshava universitetida siyosatshunoslik tinglovchi sifatida tadqiqotlar olib bogran[6][4]. 2007-yildan buyon oʻz ilmiy-tadqiqot faoliyatini Fransiyada, tadqiqot markazi doirasida davom ettirgan va 2021-yilda Oʻzbekistonga qaytgan[6].
Hibsga olinishi
Kamoliddin Rabbimov 2022-yil 17-aprel kuni oʻzi hamkorlik qiladigan „Azon.uz“ sayti xodimlari bilan suhbat uyushtirgan, shundan soʻng u bilan hech kim bogʻlana olmagan. 18-aprel soat 19:00 atrofida Kamoliddin Rabbimovning gʻoyib boʻlgani haqidagi xabar Facebook tarmogʻida keng tarqaldi. 22:00 atrofida u jurnalist Ilyos Safarov bilan bogʻlanib, oʻzining Toshkentdagi „Panelniy“ qamoqxonasida ekanini va 15 sutkaga qamalganini maʼlum qilgan[4][7]. Milliy mass-mediani qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik Kengashi raisi Komil Allamjonov bu holatdan xavotirda ekanini bildirdi:
Kamoliddin Rabbimov atrofida boʻlayotgan holatdan biz xavotirdamiz. Fond bu masalani oʻrganyapti. Oʻylaymanki vaziyat tez fursatda oydinlashadi[8].
Ichki ishlar vazirining matbuot kotibi Shohruh Gʻiyosov Kamoliddin Rabbimov 17-aprel kuni Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi „Chaqar“ mahallasida sanitariya-profilaktik tadbirlar olib borayotgan xodimlarning ishiga toʻsqinlik qilgani haqida xabar berdi, Toshkent shahar sudlari esa Rabbimov va uning sherigi „Toshkent“ savdo markazi oldida shovqin koʻtargani, ularning shaxsini aniqlashga kelgan IIB xodimlariga faol qarshilik koʻrsatgani va IIB xodimlarini haqorat qilgani haqida xabar berdi[9][4][10].
Holat yuzasidan Kamoliddin Rabbimovga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 183 (mayda bezorilik), 194 (IIO xodimining qonuniy talabini bajarmaslik) va 195-moddalari (IIO xodimlarining oʻz xizmat burchlarini bajarishlariga qarshilik koʻrsatish) bilan materiallar rasmiylashtirilgan. Hujjatlar qonuniy chora koʻrish uchun Shayxontohur tumani sudiga yuborilgan[4].
Holat yuzasidan Kamoliddin Rabbimovga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183 (mayda bezorilik), 194 (IIO xodimining qonuniy talabini bajarmaslik) va 195-moddalari (IIO xodimlarining o‘z xizmat burchlarini bajarishlariga qarshilik ko‘rsatish) bilan materiallar rasmiylashtirilgan. Hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun Shayxontohur tumani sudiga yuborilgan.
Rabbimovga nisbatan maʼmuriy jazo qoʻllanilib, u jarimaga tortilganini aytdi[11][12]. 18-aprel kuni kechqurun Kamoliddin Rabbimov ozod qilindi. Kamoliddin Rabbimov 19-aprel kuni jamoatchilikka qilgan murojaatida uning hibsga olinishiga siyosiy tus bermaslikni iltimos qildi va hibsga olinishida aslida oʻzining aybi borligini aytib oʻtdi[13].
Havolalar
Kamoliddin Rabbimovning Facebookdagi rasmiy sahifasi.
Manbalar
- ↑ „«Самодостаточность» узбекской внешней политики“ (6-avgust 2012-yil). Qaraldi: 29-fevral 2024-yil.
- ↑ „“Qattiq avtoritarizmga, diktaturaga qaytilmaydi. Bu borada tushkunlikka tushish kerak emas” – Kamoliddin Rabbimov“ (25-iyun 2022-iyul). Qaraldi: 29-fevral 2024-yil.
- ↑ „Karimov: Rossiya bilan harbiy hamkorlikni tiklash - asosiy masala“ (14-noyabr 2005-yil). Qaraldi: 29-fevral 2024-yil.
- ↑ 4,0 4,1 4,2 4,3 4,4 „Siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov hibsga olindi“ (18-aprel 2022-yil). Qaraldi: 28-fevral 2024-yil.
- ↑ „UzAuto Motors haqida: «Insonlarni tanlashdan mahrum qilish – tarixiy ma'naviyatsizlik, uyatsizlik va shafqatsizlikdir»“ (15-mart 2020-yil). Qaraldi: 29-fevral 2024-yil.
- ↑ 6,0 6,1 6,2 6,3 6,4 Dunyo turkiylari globallashgan dunyoda. Kamoliddin M.RABBIMOV.
- ↑ Kamoliddin Rabbimov yoʻqolib qoldi. Uning 15 sutkaga qamalgani aytilmoqda
- ↑ Комил Алламжонов Telegram sahifasi
- ↑ „“Kamoliddin Rabbimov xizmat vazifasini bajarayotgan xodimlarning faoliyatiga asossiz aralashgan” – IIV siyosatshunos bilan bog‘liq holat yuzasidan ma’lumot berdi“ (18-aprel 2022-yil). Qaraldi: 29-fevral 2024-yil.
- ↑ Toshkent shahar sudlari Rabbimov ishi boʻyicha IIV faktlarini rad etadigan bayonot berdi
- ↑ „Kamoliddin Rabbimovga tayinlangan 15 kunlik hibs chorasi apellyatsiyadan keyin jarima bilan almashtirildi“ (19-aprel 2022-yil). Qaraldi: 28-fevral 2024-yil.
- ↑ Sh.G'iyosov | IIV matbuot kotibi Telegram sahifasi
- ↑ Oʻzbekiston: Fransiyadan kelib „Panelniy“ga? Kamoliddin Rabbimovga nima boʻldi? // BBC (2022-yil 19-aprel)