Kontent qismiga oʻtish

Kamongaron suv ombori

Koordinatalari: 39°23′28″N 67°10′34″E / 39.39103°N 67.17602°E / 39.39103; 67.17602
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kamongaron suv ombori
Morfometriya
Uzunligi 700 m
Maydoni 16 gektar
Sigʻimi 1,5 million m³
Sohil chizigʻining uzunligi 2 km
Xarakteristikasi
Toʻldirilgan yili 2015-yil
Havzasi
Quyiladigan irmoqlar Kamongaronsoy
Joylashuvi
Hudud Samarqand viloyati
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Koordinatalar 39°23′28″N 67°10′34″E / 39.39103°N 67.17602°E / 39.39103; 67.17602
Map
Kamongaron suv ombori xaritada

Kamongaron suv omboriOʻzbekistonning Samarqand viloyatida qurilgan suv ombori. 2015-yil Kamongaron soyi to‘silib qurilgan. Suv sigʻimi 1,5 million m³, maydoni 16 gektar[1].

Suv ombori Urgut tumanidagi 100 gektarga yaqin yerni suv bilan ta’minlaydi, meliorativ holatini yaxshilaydi. Kamongaron va Vag‘ashti qishloqlari aholisi va fermer xo‘jaliklarining suvga bo‘lgan ehtiyojini to‘la qondiradi[2].

Suv ombori qurilishi uchun 17 milliard 884 million so‘mdan ziyod mablag‘ sarflangan[3].

  1. „Samarqand viloyatida 16 gektarli Kamongaron suv ombori ishga tushdi“. Daryo.uz (2015-yil 6-yanvar).
  2. „Urgutda 1.5 million tonna kub metr suvni sig`dira oladigan ombor qurildi“. Darakchi.uz (2015-yil 7-yanvar).
  3. „Камонгарон сув омбори ишга туширилди“. UzA (2015-yil 6-yanvar).